Pentium Pro protsessori
Pentium MMX ning davomchisi Pentium Pro protsessori bo‘ldi. U 1995 yil sentuabrida taqdim etilib, 1996 yili keng sotila boshladi. Protsessor Socket 8 tipli uyaga o‘rnatiladigan 387 –kontaktli korpusning ichiga joylashtiriladi, shuning uchun, u oldingi Pentium protsessorlari bilan moslashuvchan emas.
Dual Cavity PGA (PGA ikkilangan korpusi) deb ataluvchi Intel texnologiyasi asosida bajarilgan bir nechta mikrosxemalar MCM (Multi-Chip Module) modulga biriktirilgan. 387-kontaktli korpus ichida ikkita mikrosxema joylashgan bo‘lib, ulardan biri Pentium Pro protsessorini, ikkinchisi esa256 Кbayt, 512 Кbayt yoki 1 Мbayt sig‘imdagi ikki bosqichdagi kesh xotirani o‘z ichiga oladi.
Protsessorning o‘zida 5,5 mln tranzistorlar, birinchi bosqichdagi kesh –xotirada 256 Кbayt — 15,5 mln sig‘imli tranzistorlar,ikkinchi kesh- xotirada 512 Кbayt— 31 mln sig‘imdagi, 512 Кбай sig‘imli kesh –xotirali modulda 36,5 mln tranzistorlar mavjud bo‘lib,1Mbayt sig‘imda ularning soni 68 mln ga borib qoldi! 1 Мbayt sig‘imga ega bo‘lgan Pentium Pro uchta mikrosxemadan iborat: protsessor va 512 Kbayt sig‘imli ikkita kesh-xotira. 4.3-jadvalda Pentium Pro protsessorining texnik xarakteristikalari keltirilgan
Pentium Pro protsessori xarakteristikalari
Vujudga kelish sanasi
|
1995 yil ,noyabr
|
Maksimal takt chastotasi
|
150, 166,180,200 MGts
|
Chastotaning ko‘payish chastotasi
|
2,5x,3x
|
Registrlarning razryadliligi
|
32
|
Malumotlarning tashqi shinasining razryadliligi
|
64
|
Ichki kesh shinasining razryadliligi
|
64
|
Manzil shinasining razryadliligi
|
36
|
Maksimal manzillanuvchi xotira sig‘imi
|
64Gbayt
|
Virtuyal xotiraning maksimal sig‘imi
|
64 Gbayt
|
Ichki kesh hotiraning o‘lchami
|
8 Kbayt (kod uchun), 8 Kbayt (ma’lu motlar uchun)
|
Uyaning tipi
|
Socket 8
|
Korpus
|
387-kontaktli DUAL Cavity PGA
|
O‘lchamlari
|
6,25x 6,76 sm
|
Soprotsessor
|
Ichki o‘rnatilgan
|
Energiya ta’minotining pasayishi
|
SMM tizim(System Management Mode)
|
Ta’minot kuchlanishi
|
3,1 yoki 3,3 V
|
Do'stlaringiz bilan baham: |