maqsadni qo‘yish va uni ishlab chiqarish;
muammoni o‘rganish;
qaror qabul qilishda samaradorlik mezonini tanlash vaasoslash;
Boshqaruv tajribasida qaror qabul qilishda 2 asosiy yondashuv vujudga keldi: individual va guruhli. Individual yondashuvda qaror qabul qilishni markazlashgan- ligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunda tashkilotda asosan qarorlar yuqori bo‘g‘inda qabul qilinadi, qoida bo‘yicha bitta yoki bir necha menejerlar ishtirok etadi. Ya’ni markazlashgan yondashuvda asosiy urg‘u, qaror yuqori darajada qabul qilinishiga qaratiladi. Guruhli yondashuvda qaror qabul qilish uchun ixtiyoriy boshqaruv darajasidagi menejer xodimlarni jalb etadi. Bunday holatda yuqori boshqaruv darajasidagi menejer mazkur qarorni qabul qilishga javobgar. Bu yondashuv bosh menejerni kundalik kichkina muammolarni yechish bilan o‘ralashib qolishdan saqlaydi. Bu yondashuvning afzal taraflaridan biri, bu javobgarlik va vakolat quyi boshqaruv darajasidagi xodimlarga beriladi. Bu esa qaror qabul qilishdagi samaradorlikni oshiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ko‘rib chiqishda 2 asosiy holatni inobatga olmoq darkor:
Do'stlaringiz bilan baham: |