Iursish I mavzu


Xalqaro savdodagi zamonaviy qarashlar


Download 52.45 Kb.
bet4/4
Sana19.08.2020
Hajmi52.45 Kb.
#126945
1   2   3   4
Bog'liq
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

Xalqaro savdodagi zamonaviy qarashlar.

Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi- olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin.

E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’lab narxlarni tenglashtirish» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy


40





ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq.

Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:

Mamlakatlarda mahsulotlarni eksport qilishda ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan foydalaniladi va aksincha, yetishmayotgan ishlab chiqarish omillarini qoplash uchun mahsulotlar importida o’zgarishlar kuzatiladi.

Ushbu vaziyatlarda xalqaro savdoda «omillar narxi»ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.

Mahsulotlar eksporti ishlab chiqarish omillarining qo’shilib ketishi natijasida o’zgarishi mumkin.

Xeksher-Olin kontseptsiyasida omillar faoliyatining xususiyatlariga bog’liq bo’lgan bir nechta vaziyatlar keltirladi.

E. Xeksher va B. Olinlar D. Rikardo kontseptsiyasining davomchilari mahsulotlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo o’ta qiyin harakatlanishini noaniq baholashgan.

Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda.

Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.

Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital - intensiv ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladi.

Xeksher-Olin kontseptsiyasi ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy sharoitlariga moslashtirilgan.


41





1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeker-Olen kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdolar - ishlab chiqarish omillarining bir yoqlamaligi, texnikalarning bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlarga tenglashadi.

D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P. Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdolarni, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.

Xalqaro savdo rivojlanishining ahamiyati va uning asosiy ko’rinishlari.

Tashqi iqtisodiy munosabatlarning eng muhim shakli - xalqaro savdo yoki alohida mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar ayiraboshlash hisoblanadi va u o’ziga quyidagilarni kiritadi:

-tovar bilan ayirboshlash;

-fan - texnika yutuqlari bilan ayirboshlash (litsenziyalar, nou-xau va boshqalar);

-asbob uskunalar etkazib berishni ko’zda tutadigan kapital qurilish obe’ktlari bilan savdo qilish;

-loyiha va qurilish ishlarini bajarish;

-xizmatlar savdosi.

Tashqi savdo siyosati 2 xil bo’ladi:

  1. industriyalashtirish yoki importni o’rnini bosish. Bu uzoqni o’ylangan yo’l emas. Ammo yangi iqtisodiyot uchun vaqtincha foydali. SHuning uchun ko’p qoloq mamlakatlar shu yo’lni tanlashgan.

  2. eksportni rivojlantirish. Boshlang’ich davrda qiyin, ammo uzoqni o’ylangan yo’ldir. SHuning uchun ko’p davlatlar bu yo’lga o’tishga hayiqishadi.

Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.


42





Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi.

Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini aniqlovchi ikkinchi muhim sabab - bu, turli mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning bir xil rivojlanmaganligidir.

Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning boshlarida xalqaro savdo hajmi AQSHda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. SHu davrda O’zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo’ldi.

Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;

  • yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to’g’ri keladi.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi.

Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.

Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.

Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.

Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.


43





Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita aralashuvi jarayoni eksport va importni cheklash hisoblanadi. Davlat tomonidan olib boriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati - davlat tomonidan xalqaro savdoga soliq, subsidiya, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan- to’g’ri cheklash siyosatlari olib borish orqali ta’sir ko’rsatishdir.

Mamlakat tashqi savdosini cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar aholi turmush faoliyatining pasayishiga olib keladi. SHuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar tashqi savdoga boshqacharoq yondashish zarurligini ta’kidlashadi. Ularning fikriga ko’ra, mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush faoliyatini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq hisoblanadi. CHunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi.

Amaliyotda tashqi savdoni cheklashning 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Bundan tashqari, ko’pgina mamlakatlardagi iqtisodchi va siyosatchi guruhlar protektsionizmni kuchaytirishni qo’llab- quvvatlashadi. Erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti nuqtai nazaridan esa erkin savdo hamma vaqt ham foydali hisoblanavermaydi. Ayrim holatlarda savdo cheklashlarini tashqi savdo yutuqlarini qayta taqsimlashda, ya’ni, bir mamlakat aholisi turmush faoliyatini yomonlashtirish evaziga oshirishda foydalanish mumkin. Ulardan shuningdek, guruhlar o’rtasida oladigan daromadlarini qayta taqisimlashda foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tashqi savdo siyosatini ishlab chiqishda olib boriladigan tashqi savdo siyosatining iqtisodiy tahlili katta ahamiyatga ega.

Mamlakatlarda ta’rifli mexanizm orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi.


44





So’nggi o’n yilliklarda eksportni ixtiyoriy chegaralash va eng kam import baholarini belgilash haqida bitimlar tuzish amaliyoti keng tarqala boshladi. Savdo cheklashlarining bu yangi turlari xususiyatlari ularni o’rnatishning noan’anaviy usulidan iborat. Bunda import qiluvchi mamlakatni himoya qiluvchi savdo to’siqlari, import qiluvchi mamlakat chegarasida kiritilganda eksportni ixtiyoriy chegaralash qo’llaniladi.


45



XULOSA.

Savdo qadimiy kasblardan biri bo'lib, bugungi kunda ham o'z qadr - qimmatini yo'qotmagan va kelajakda ham mavjud bo'ladi. Chunki har qanday mahsulotni yoki xizmatni ishlab chiqarish oson agarda uning xaridori bo'lsa. Bugungi kunda millionlab tovar va xizmatlar yaratilgan bo'lib ularning sotuvi ham turlicha. XXI asr axborot texnologiyalar asridir. Hamma sohalarda juda ko'p yangiliklar qilinmoqda. Savdo tizimida ham innovatsion yangiliklar juda ko'p uchraydi. Masalan avval xaridorlar tovarlarni izlab topishgan bo'lishsa, hozir tovar va xizmatlar mijozlarni qidirib topishadi. Rivojlangan mamlakatlarda erkin raqobat shu darajaga yetdiki tovar va xizmatlar savdosi internet tarmog'ida ham sotiladigan bo'ldi. Bir vaqtlar mahsulotlar karvon yo'llari orqali olib kelib sotilgan, savdogarlar qayerda qanday mahsulot sotilishini taxmin asosida bilishgan bo'lishsa, bugungi kunga kelib internet yordamida dunyoning xohlagan nuqtasidan tovar va xizmatlarga buyurtma berishingiz yoki mahsulotlarni sotishda qayerda nimaga qanchalik talab shakllanganligini bilib olish imkonoyati mavjud.

Har qanday sanoatda ham mamlakat hukumati xususiy tarmoqni rivojlanishi yuzasidan rag'batlantirib borishi lozim. Savdo sohasida ham xususiy tarmoqlarni rivojlantirish, shu jumladan savdo shaxobchalari faoliyatini takomillashtirish eng asosiy omillardan sanaladi. Savdo tizimini rivojlantirishda asosan innovatsiyalarni yaratishga katta ahamiyat beriladi. Chunki yangi yaratilgan innovatsiya kelajakda ushbu firmaning yo'lini belgilab beradi. Savdo firmalari o'z mahsuloti rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur savdo maskanlari hukumatdan o'z faoliyatlarini yuritishga, transport va hokazolar kabi infratuzilmaning boshqa elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va ayni paytda hukumat ham savdo infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiy tarmoqlarga imtiyozlar beriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida savdo tizimida innovatsiyalarni amalga oshirishda chet el tajribalaridan foydalanish xaridor uchun ham savdo korxonalari uchun ham juda katta foyda keltiradi deb o'ylayman.


46



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish haqida” gi qonuni. 1996 yilning 26 aprelidagi

  2. «Bankrotlik to'g'risida» gi qonuni. 1994 yil 5 may.

  3. «Buxgalteriya hisobi to'g'risida» gi qonuni. 1996 yil 30 avgust.

  4. “Investitsion faoliyat haqida” gi qonuni. 1998 yilning 24 dekabr

  5. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» gi qonuni. - T., «O'zbekiston», 1996.

  6. «Korxonalar to'g'risida»gi qonuni. 1991 yil 15 fevral.

  7. «Kooperatsiya to'g'risida» gi qonuni. 1991 yil 14 iyun.

  8. «Monopolistik faoliyatni cheklash to'g'risida» gi qonuni. 1992 yil 2 iyul.

  9. «Monopolistik faoliyatdan chiqarish to'g'risida» gi qonuni. - T., «O'zbekiston» 1991

  10. «Mulkchilik to'g'risida» gi qonuni. 1990 yil 31 oktyabr.

  11. «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida» gi qonuni. 1996 yil 27 dekabr.

  12. «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida» gi qonuni. - T., «O'zbekiston», 1996.

  13. «Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi to'g'risida» gi qonuni. - T., «O'zbekiston», 1997.

  14. «Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida» gi qonuni.- T.: O'zbekiston, 2002.

  15. «Tadbirkorlik to'g'risida» gi qonuni. 1991 yil 15 fevral.

  16. “Xorijiy investitsiyalar to'g'risida” gi Qonuni. 1998 yilning 30 aprel

  17. «Xo'jalik jamiyatlari va shirkatlar to'g'risida» gi qonuni. - T., «O'zbekiston», 1992.

  18. «Xo'jalik shirkatlari to'g'risida» gi qonuni.- T.: O'zbekiston, 2002.

  19. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo'nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”. 2005 yil 14 iyun. Farmoni.


47



  1. ‘Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag'batlantirish

borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”. 2005 yil 20 iyun. Farmoni.

  1. ‘Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”. 2005 yil 14 iyun. Farmoni

  1. ‘Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to'g'risida”. 2005 yil 21 iyul. Farmoni.

  2. “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni naqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to'g'risida”. 2005 yil 15 iyun. Qarori.

  3. «Xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi 1998 yil 9 apreldagi PF- 1987-sonli Farmoni.

  4. ‘Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida». 2006 yil 5 yanvar. Qarori.

  5. Karimov I.A. «O'zbekiston. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- tom. T.: O'zbekiston, 1996.- 364 - bet

  6. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lida 4 - tom. T.: O'zbekiston, 1996. - 349 bet.

  7. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-tom. T: O'zbekiston, 1999. - 412 bet.

  8. Karimov I.A. Ozod va Obod Vatan, Erkin va farovon hayot - pirovord maqsadimiz T. 8 - tom. T.: O'zbekiston., 2000. -528 bet.

  9. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulimiz 9-tom. T.: O'zbekiston, 2001.- 432 bet.

  10. Abdukarimov B.A va bosh. Korxona iqtisodiyoti. T: Fan 2005

  11. E.Egamberdiev, J.Xo'jaqulov.”Kichik biznes va tadbirkorlik”.

T.:”Ma’naviyat”, 200

  1. ‘Innovatsion texnologiyalar - taraqqiyot tayanchi” Ma’rifat. 2015-yil 20-may № 40 (8793)


48





34.Ishmuxamedov A.E., Jumaev Q.X., Jumaev Z.A. Makroiqtisodiyot (ma’ruzalar matnlari). Toshkent: TDIU - 2000.

35.S.N.Usmonov, YU.T.Dodoboev, A.Xudoyberdiev. “Tadbirkorlik asoslari”. “Farg'ona”, 2000



  1. Аванесова Г.А. Сервисная деятельность. М: Аспект пресс 2005

  2. Александрова А.Ю. Международный туризм. М: Аспект пресс 2004

  3. Алексеева М.М. Планирование деятельности фирмы: учеб - метод. Пособие М: Финансы и статистика, 2000

  4. Ансофф И. Новая корпоративная стратегия. СПб: Питер 1999

  5. Антонов А.Н, Морозова А.С. Основы современной организации производства. М: Дело и сервис, 2004

  6. Байс Р. Управленчиская экономика и стратегия бизнеса. М: ЮНИТИ, 2000

  7. Балалова Е.И. и др. Сервисная, деятельность учёт, экономический анализ и контроль. М: Дело и сервис, 2006

  8. Беквит Г. Что любят клиенты. СПб: Питер, 2004

  9. Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования/ пер. с англ М: Academia, 1999

  10. Романович Ж.Л. Калачев С.Л. Сервисная деятельность М: Дашков и Ко. 2003

  11. www.cer.ru

  12. www.uz.bussines.unitech.uz

  13. www.torg.uz

  14. www.edu.ru

  15. http: //autotrans. uz/uz/news/news of uzbekistan/

  16. http://www.gov.uz


49



Tayanch iboralar.


Savdo xizmatlari,

Eksport operatsiyasi,

Import operatsiyasi,

Reeksport operatsiyasi,

Reimport operatsiyasi,

Eksport operatsiyasi,

Savdo siyosati,

Tijorat,

T ij orat-vositachilik,

Chakana savdo,

Ulgurji savdo,

Telesavdo,

Internet tizimidagi elektron savdo,

Birja savdo,

Ko„rgazma savdo,

Kimoshdi savdo,

Brokerlar,

Maklerlar,

Treyderlar,

Klerklar,

Xalqaro savdo, Tashqi savdo.


50


Download 52.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling