Iv- bob. Corel draw dasturida ishlash
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
maruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Corel Draw dasturini ishga tushirish
- 4.2.Corel Draw dasturi menyu bandlari bilan ishlash
- 4.2.1. Файл va Редактировать menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash Fayl menyu bandi.
37
IV- BOB. COREL DRAW DASTURIDA ISHLASH
CorelDraw - vektorli grafikaning Windows operasion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik koʻrinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy koʻrinishdagi kompazisiyalarni tahrir qilish bilan bogʻliq amallarni bajarish mumkin. Corel Draw dasturini ishga tushirish CorelDraw muharrirni ishga tushirish uchun kuyidagi amallar ketma ketligini bajarish kerak. Пуск
4.2.Corel Draw dasturi menyu bandlari bilan ishlash Corel Draw dasturini ishga tushirganimizdan soʻng ekranda uning ishchi oynasi hosil boʻladi. 1-Rasm. Ishchi oyna Menyu bandlari qatori quyidagi koʻrinishga ega. Menyu bandlari qatori 11 ta banddan iborat boʻlib, har bir menyu bandi oʻzining nomi, atalishiga mos ravishda turli papkalar, buyruqlar va ularga mos ravishda uskunalar belgilarini oʻzida mujassamlashtiradi.Ushbu menyu bandlaridan foydalanib ishchi oynani sozlaymiz, jihozlaymiz va turli kerakli amallarni bajaramiz. Menyu qatori tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni koʻrish kursor yordamida amalga oshiriladi. quyida asosiy menyu va eng koʻp qoʻllaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltiramiz.
38
4.2.1. Файл va Редактировать menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash Fayl menyu bandi. Файл menyu bandi quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi.
2-Rasm.Fayl menyu bandi buyruqlari. Новый (Ctrl+N) buyrugʻi - yangi oyna ochish vazifasini oʻtaydi.Uni ishga tushirganimizdan soʻng ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.
Corel Draw muharririning ishchi oynasi ochilganidan soʻng uning ichidagi muloqat darchasidan kerakli boʻlimini tanlaymiz va unga sichqoncha koʻrsatgichini keltirib qoʻyib chap tugmachasini bosamiz. Natijada 6 tadan biri ya’ni biz tanlagan oyna ochiladi 1. «Новый» - yangi oyna ochish vazifasini oʻtaydi; 2. «Открыть последный» - eng soʻnggi bor ishlatilgan hoshiyali faylni ochish vazifasini oʻtaydi; 3. «Открыть» - kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish vazifasini oʻtaydi; 4. «Шаблон» - bezakli oyna tuzish vazifasini oʻtaydi ; 5. Corel TUTOR - internetga chiqish; 6. Что нового - yangi qoʻshimcha imkoniyatlar kiritish. Biz quyida ushbu oynalarning ochilish jarayoni va ochilgandan soʻnggi holatlarini koʻrib oʻtamiz: A) «Новый» - yangi oyna ochish. Corel Draw muharririni ishga tushirgandan soʻng
tugmachasini tanlasak ishchi stolda yangi oyna ochiladi 3a-rasm B) «Открыть последный» - eng soʻnggi bor ishlatilgan hoshiyali faylni ochish. tugmachasini tanlasak ekranda eng soʻnggi bor foydalanilgan fayl(rasm) ochiladi 3b-rasm V) Kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish.
tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri fayllari joylashgan manbaga murojaat qilash imkoniyati tugʻiladi.
39
Kerakli papkadan masalan Мои документы papkasidan faylni topib Открыть buyrugʻini ishga tushiramiz. Natijada biz tanlagan fayl ochiladi 3v-rasm.
S) «Шаблон» - bezakli oyna tuzish. tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida tayyor shablonlarda koʻrsatilgan hoshiyalardan foydalanib bezakli oyna tuzish imkoni tugʻiladi.
Web boʻlimidan tanlangan shablon formasi bizga ma’qul boʻlganidan soʻng Ok tugmachasini bosamiz va quyidagi 3s-rasmga ega boʻlamiz. Bundan tashqarii yanada boshqacharoq shablonlarni tashqi manbalardan ham Обзор boʻlimiga murojaat qilib tanlab olishimiz mumkin.
D) Corel TUTOR - internetga chiqish. tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida internetga chiqish imkoniyati tugʻiladi. Agar kompyuter Internet tarmogʻiga ulangan boʻlsa .
3-rasm. Internetga chiqish 40
E) Что нового - yangi qoʻshimcha imkoniyatlar kiritish tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida uning yangi qoʻshimcha imkoniyatlar bilan tanishish imkoni tugʻiladi. 3e-rasm.
3e-rasm. Corel Draw muharriri yangi imkoniyatlari
Новый из образца - shablonli oyna tuzish yani muloqat darchasidagi «Шаблон» - bezakli oyna tuzish tugmachasi bilan bir xil vazifani bajaradi. Открыть (Ctrl+O) - kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish vazifasini oʻtaydi va muloqat darchasidagi Открыть tugmachasi bilan bir xil vazifani bajaradi. Закрыть buyrugʻi - aktiv ishchi oynasini yopib uni passivlashtiradi. Сохранить (Ctrl+S) - ishchi oynasida hosil qilingan faylni kompyuter xotirasiga saqlash vazifasini oʻtaydi. Сохранить как… (Ctrl+Sift+S) - kompyuter xotirasiga oldin saqlangan faylni nomini oʻzgartirib saqlash vazifasini oʻtaydi.Biz hozir Сохранить как… buyrugʻi yordamida faylni biror manbaga saqlash ketma- ketligini keltiramiz. Corel Draw muharriri oynasida hosil qilingan faylni saqlash uchun Fayl menyu boʻlimini ochib, Сохранить как… buyrugʻini ishga tushiramiz va quyidagicha muloqat oynasi hosil boʻladi, soʻngra Сохранение файла tugmachasini bosib faylni Turtburchak.cdr nomi bilan Мои документы papkasiga saqlaymiz. cdr faylning kengaytma nomi boʻlib, Corel Draw muharririga ta’lluqli ekanligini ifodalaydi.
Bundan tashqarii Corel Draw muharririga ta’lluqli ta’lluqli boʻlgan boshqa kengaytma nomlarni ham keltirishimiz mumkin: cdt-CorelDraw Template (Corel Draw andozasi); 41
clk- Corel R.F.V.E. cvx- Corel Hresentation Exchange.
Возвращение - ishchi oynasida mavjud obyekt ustida amalga oshirilgan barcha oʻzgarishlarni yoʻqqa chiqaradi va faylni dastlabki holatiga qaytaradi.
Импорт (Ctrl+I) - ishchi oynasiga tayyor obyektni kerakli manbadan(papkadan) olib kelish imkonini beradi. Bu buyruq bajarilgandan soʻng quyidagi muloqat oynasi ochiladi
soʻngra Импорт tugmachasi bosilib fayl koʻrsatilgan manbadan keltirilib oynaga joylashtiriladi. Экспорт (Ctrl+E) - ishchi oynasida tayyorlangan obyektni kerakli manbaga(papkaga) joʻnatish imkonini beradi. Bu buyruq bajarilgandan soʻng quyidagi muloqat oynasi ochiladi:
soʻngra Экспорт tugmachasi bosiladi va Конвертировать в растр muloqat oynasidan faylning oʻlchamlari va oʻlchov birligi hamda boshqa parametrlari koʻrsatilib Ok tugmachasi bosiladi va fayl koʻrsatilgan manbaga keltirilib joylashtiriladi.
Отправить к - avval fayl saqlanadi ,soʻngra ushbu buyruq yordamida kerakli manbaga junatamiz.Ular quyidagilar: 42
Печать (Ctrl+P) - tasvirni printerga joʻnatish. Просмотрь печати - Oldindan koʻrish yoʻli bilan pechatga joʻnatish. Публиковать в Web - yordamida ishchi oynasidagi obyektni quyidagi formatlarda zaruriy manba(papka)larga joʻnatish mumkin
Экспорт tugmasini bosganimizdan soʻng Рабочий стол da quyidagi Macromedia Flash fayli hosil boʻladi
. Xuddi shunday -internetga tayyorlash. Jpeg, Gif va boshqa formatlarda tayyorlash imkonini beradi. Публиковать в PDF - yordamida ishchi oynasidagi obyektni PDF ya’ni oʻqish ,koʻrish mumkin holda uni oʻzgartirib boʻlmaydigan formatlarda zaruriy manba(papka)larga joʻnatish mumkin. - u ishchi oynasida tayyorlangan fayl(obyekt ) toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot beradi
Выход (Alt+F4) - ishni tugallash va Corel Draw dasturidan chiqish.
Редактировать menyu bandi Редактировать menyu bandi quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi. 43
Отменить… (Ctrl+Z) - bu buyruq yordamida ishchi oynada bajarilayotgan amallar bekor qilinadi. Obyekt ustida bajarilgan amallar tartibiga qarab Отменить… buyrugʻi bir marta bosilganda bitta soʻnggi amal bekor qilinadi. Отменить… buyrugʻidan keyingi koʻrsatilgan (…) nuqtalar ketma-ketligi oʻrnida bajarilayotgan amalga qarab buyruqlar nomi yoziladi va Отменить… buyrugʻi bajarilgandan soʻng Ushbu amal buyrugʻi bekor qilinadi. Masalan, yangi obyekt tuzilayotganda Отменить Создать, konturlar bilan ishlayotganda Отменить Перо, Заливка bilan ishlayotganda Отменить Заливка va h.k. Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin. Вернуть… (Ctrl+Sift+Z) - bu buyruq yordamida ishchi oynada bajarilayotgan amallar bekor qilinganidan soʻng(agar bilmasdan bekor qilgan boʻlsak va ortga qaytarish zarurati tugʻilsa) yana uni ortga qaytarish vazifasini oʻtaydi.Obyekt ustida bajarilgan amallar tartibiga qarab Вернуть buyrugʻi bir marta bosilganda bitta soʻnggi amal ortga qaytariladi. Вернуть buyrugʻidan keyingi koʻrsatilgan (…) nuqtalar ketma- ketligi oʻrnida bajarilayotgan amalga qarab buyruqlar nomi yoziladi va Вернуть buyrugʻi bajarilgandan soʻng ushbu amal buyrugʻi ortga qaytariladi. Masalan, yangi obyekt tuzilayotganidan soʻng bekor qilingan boʻlsa, Вернуть Создать, konturlar bilan ishlayotganda Вернуть Pero, Заливка bilan ishlayotganda Вернуть Заливка va h.k. Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin. Повторение (Ctrl+R) - obekt ustida bajarilgan amalni yana bir marta takrorlash mumkin. Bundan keyin takrorlangan amalni dastlabki holatiga qaytarish uchun ikki marta Отменить qilishga toʻgʻri keladi. Вырезить (Ctrl+X) - bu buyruq belgilangan obyektni yoki uning ajratilgan boʻlagini qirqib oladi va zarurat tugʻilganda kerakli joyga olib borib quyiladi.Bu buyruq yordamida qirqib olingan obyektning nusxasi dastlabki joyida saqlanib qolmaydi. Bu buyruq tamonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin. Копировать (Ctrl+S) - bu buyruq yordamida belgilangan obyektning yoki uning bir qismining nusxasini kerakli joyga koʻchirib oʻtkazishimiz mumkin. Bu buyruq yordamida nusxa olingan obyektning asl nusxasi dastlabki joyida saqlanib qoladi.Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin. Endi biz yuqorida keltirilgan bir nechta buyruqlar yordamida ba’zi amallar bajarish tartibini koʻrib oʻtamiz. Ishchi oynasida obyekt tuzish. Buning uchun qurollar qatoridagi kerakli obyektning shaklini sichqoncha koʻrsatgichi orqali belgilab olib (5-rasm), uni chizamiz.
44
5-rasm. Obyekt bilan turli amallar bajarilganda Отменить buyrugʻining holatlari quyidagi 6-rasmda aks ettirilgan.
6-rasm.
2) Отменить buyrugʻi bajarilganidan keyingi holat.Endi bajarilgan amallar ortga qaytarilish holati teskarisidan boshlanib birinchisida tugaydi. A) ; V) S) . Ushbu amallarni yana Вернуть buyrugʻi orqali qaytarib tiklashimiz mumkin. Дублировать (Ctrl+D) - bu buyruq yordamida qaralayotgan obyektning aynan nusxasini hosil qilishimiz mumkin.
7-rasm.
Выбрать все - bu buyruq yordamida qaralayotgan quyidagilar
Вставить - bu buyruq yordamida biz ishlayotgan ishchi oynasiga quyidagi turdagi obyektlarni keltirib quyishimiz mumkin. 1) Объект Интернета - internetdan quyida koʻrsatilgan obyektlarni olib kelishimiz mumkin: 45
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling