Iv bob. Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari


Download 283.87 Kb.
bet1/5
Sana12.10.2023
Hajmi283.87 Kb.
#1699996
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korporativ boshqaruv

IV bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA BOSHQARUV ORGANLARI




    1. Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv organlari tarkibi

Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi tarmoq va faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro farqlanadi. Lekin moliyaviy boshqaruvning tarkibiy tuzilishi birmuncha murakkab va ular faoliyatining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum.


O‘zbekiston hududida to‘liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur o‘rganishimiz va ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur” 31 , deya ta’kidlab o‘tgandilar. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi (4.1-rasm).
Amaldagi qonunchilik asosida tuzilgan tashkiliy tuzilmadan ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaruv organlari hisoblanadi. Nazorat organlari sifatida esa taftish

31 Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T. “O‘zbekiston”, 2015. – 72 bet.

73
komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyat yuritadi. Shuningdek minoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunuvchi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.


Keltirib o‘tilgan tashkiliy tuzilmadan ham ko‘rishimiz mumkinki, ijroiya organi tarkibida moliya direktori, investitsiyalar va rivojlantirish bo‘yicha direktorlar yangi namunaviy tuzilmaga kiritilgan, o‘z navbatida ularga bo‘ysunadigan lavozimlar ham keltirilgan.


4.1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi32

Aksiyadorlik jamiyati tashkiliy tuzilmalari, boshqaruv organlari tarkibi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan mustaqil belgilanadi va ustavda qayd etiladi.


Rivojlangan davlatlar amaliyotida aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmalari korporativ boshqaruv modellari asosida belgilanadi. Shundan kelib chiqqan holda hamda tarmoq xususiyatlari asosida aksiyadorlik jamiyatlarida tashkiliy tuzilmalar o‘zaro farq qiladi. Va mos ravishda boshqaruv organlari ham o‘zaro

32 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni,1-ilova.

74
farq qilishi mumkin. Quyida AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi va Xitoyda kompaniyalar boshqaruv organlari xususida ma’lumotni keltiramiz (4.2-rasm).




Bir pog‘onali (AQSh, Buyuk Britaniya)




Download 283.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling