Iv bob. Ms excel dasturi
Download 139 Kb.
|
BOB 04 - MS Excel
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yacheyka nima
4.2. MS Excel hujjat oynasi
MS Excelning hujjat oynasi ish kitobi1 deb yuritiladi. Foydalanuvchi jadvalli ma’lumotlar bilan ishni shu hujjat oynasida, ya’ni shu ish kitobida olib boradi. MS Excel ishga tushirilganda birinchi bo‘lib ochiladigan ish kitobi avtomatik ravishda “Книга1” deb nomlangan bo‘ladi. Ish kitobi “Varaq” (Лист) lar to‘plamidan iborat bo‘ladi (odatda 3 tagacha: Лист1, Лист2, Лист3). Varaqlar esa yacheykalar to‘plamidan iborat.
Excel varaqlari jadval ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lib, bu jadvalning har bir katagi yacheyka deb ataladi. Boshqacha aytganda, yacheyka bu – jadval ustuni hamda satri kesishmasida turgan obyektdir. MS Excel bilan ishlashda yacheyka manzili juda muhim element hisoblanadi. Yacheyka manzili avval ustun nomi, keyin satr nomerining ketma-ket yozilishidan hosil qilinadi, masalan, A1 – bu A ustun va 1-satr kesishmasida turgan birinchi yacheykadir. Ustun nomi lotin harflari yordamida, satr nomeri esa natural sonlar yordamida beriladi. MS Excel 2003 dagi oxirgi ustun (IV) va oxirgi satr (65536) dan IV65536 yacheyka manzilini hosil qilish mumkin. Bu yerda: 256 ta ustun va 65536 ta satr orqali jami yacheka sonini bilish mumkin: 256*65536=16 777 216 ta yacheyka mavjud ekan.
Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling