Iv bo’lim Ovqatlanish gigienasi. 21Mavzu. Bolalar ovqatlanishining gigienik asoslari. Ratsional ovqatlanish va uni tashkil etishga qo’yiladigan talablar


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Xudoyberganov


Download 177.8 Kb.
bet6/8
Sana09.01.2022
Hajmi177.8 Kb.
#257819
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gigiena 21tazasi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Xudoyberganov bilan O‘zA muxbirining suhbati to‘g‘ri ovqatlanishning inson salomatligida tutgan o‘rni, bu boradagi milliy qadriyatlar va zamonaviy tamoyillar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida bo‘ldi.

– To‘g‘ri ovqatlanish uzoq umr kechirishning muhim omilidir. Buyuk ajdodlarimiz bu xususda ko‘plab qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ta’limotida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ allomaning asarlarida qayd etilishicha, tansihatlikning asosiy tadbiri parhezdir.

Bugungi kunda buyuk ajdodimiz o‘gitlarining ahamiyati tobora ortib borayotir. Kam harakat, me’yoridan ortiq taom iste’mol qilish, pala-partish ovqatlanish ko‘plab tibbiy-ijtimoiy muammolarga sabab bo‘layotir. Buning oldini olish tibbiy-profilaktika xizmatini yanada rivojlantirish, ilm-fan izlanishlarini takomillashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda ushbu sohadagi vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratilgan. Sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasi takomillashayotgani diagnostika va davolash ishlari sifatini oshirish, tibbiy-profilaktika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, atrof-muhit musaffoligini saqlash, xalqimizni yurtimizda yetishtirilgan ekologik sof, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir.


Download 177.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling