Iv bo’lim Ovqatlanish gigienasi. 21Mavzu. Bolalar ovqatlanishining gigienik asoslari. Ratsional ovqatlanish va uni tashkil etishga qo’yiladigan talablar


Ratsional ovqatlanish bilan bog‘liq milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tsangiz


Download 177.8 Kb.
bet7/8
Sana09.01.2022
Hajmi177.8 Kb.
#257819
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gigiena 21tazasi

Ratsional ovqatlanish bilan bog‘liq milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

– O‘zbek oilasida barchaning dasturxon atrofida jamuljam bo‘lib ovqatlanishi bebaho qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Taomga avvalo yoshi ulug‘ insonlar qo‘l uzatadi. Bu jarayonda yoshlarimiz kattalardan me’yorida taom iste’mol qilish, nafsni tiyish bilan bog‘liq ma’naviy va tibbiy tarbiya oladi. Oilalarda taom tayyorlashda xonadon bekalari nuroniylarning tajribasini o‘rganish, toza-ozodalikni saqlash, ovqatni me’yorida pishirish, har kuni xilma-xil ovqatlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.

Bugungi tibbiyotda bu boradagi milliy qadriyatlarimiz alohida e’tiborga olingani quvonarlidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan sog‘lom ovqatlanishning o‘n ikki tamoyili ichida ushbu jihatlar o‘z ifodasini topgan. Oziq-ovqatlar xilma-xilligi, ovqatlanishda me’yorni saqlash kabi jihatlar dunyoda keng targ‘ib etilmoqda.

Yog‘ va tuzni kam iste’mol qilish tavsiya etiladi. Choyni iloji boricha taom bilan birga iste’mol qilmaslik lozim. Ovqatdan bir-ikki soat keyin choy ichish sog‘liq uchun foydalidir. Bunday tamoyillar aholi orasida keng targ‘ib etilmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli salomatlik va tibbiy statistika instituti, tegishli ilmiy-tadqiqot va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari bilan hamkorlikda maxsus bukletlar chop etilib, aholi orasida tarqatilmoqda.


Download 177.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling