Iv-bo‘lim. Suvning tuproq, o‘simlik va atmosfera tizimidagi harakati


 Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1623727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
wM5Ik0HgrP1cHhKZ2yV80UsyvZqEsBOrxMlQDGls (1)

 
4.5. Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi 
Suvning o‘simlik organizimida taqsimlanishi uning rivojlanishining fazasida 
turlicha bo‘ladi. G‘o‘zaning rivojlanishi unib chiqish, shonalash, gullash va yetilish 
fazalarida, g‘allasimonlarniki esa unib chiqish, to‘planish, gullash va yetilish 
fazalaridan iborat. 
G‘alla ekinlarining suvni eng ko‘p iste’mol qilishi boshoq chiqarish 
(to‘planish) fazasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za gullash fazasida umumiy sun’iy 55-65 % 
ini iste’mol qiladi. Tuproqda shu bilan birga tuproqqa unumdorlik beradigan 
elementlar (kislorod, vodorod, uglerod, kaliy, kalsiy, magniy, temir, azot, fosfor, 
oltingugurtlar) ham bo‘lishi kerak. G‘o‘zaning 67-77 %i suvdan iborat. Ekinlar oziq 
moddalarni o‘zlashtirishi va hosil tugishi uchun ulardagi suv va oziq moddalar 
ma’lum nisbatda bo‘lishi shart. Rivojlanishning har bir fazasida o‘simlikning suvga 
talabi agrotexnikaviy tadbirlarga, tabiiy sharoitlarga va gektardan olinishi 
mo‘ljallangan hosil miqdoriga qarab o‘zgaradi. Turli ekinlar tuproq namligini 
turlicha talab qiladi. Masalan, texnika ekinlari, ildizmevalar va kartoshka tuproqda 
to‘liq nam sig‘imining 60-70 %; ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar va g‘allasimonlar 70-
80 %; tovar ahamiyatiga ega donli ekinlar 40-50 %; boshqa donli ekinlar 50-60 %
nam bo‘lishni talab qiladi. 
Suv o‘simlik hayotining normal rivojlanishini muhim faktorlaridan biridir 


o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan hamma protsesslar o‘simlik hujayralarida 
yetarli miqdorda suv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Ma’lumki, 
o‘simliklar tanalarida o‘z og‘irliklarining 60-95 % miqdorida suv bo‘ladi. 
O‘simliklarning urug‘lari unib chiqishi uchun shu urug‘ og‘irligining ma’lum 
miqdoridagi og‘irligi hisobida suv zarur bo‘ladi. 4.5.1- jadvalda o‘simliklar 
urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha o‘simlik organizmi uchun zarur 
bo‘ladigan suv miqdori ular og‘irligiga nisbatan % hisobida ko‘rsatilgan. 
4.5.1- jadvalO‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha 
o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori. 
№ 
Ekinlar nomi 
Zarur suv miqdori,% 

Chigit 
60,0 

Makkajo‘xori 
44,0 

Bug‘doy 
45,5 

Arpa 
48,2 

Roj (Javdar) 
57,7 

Suli (Oves) 
60,0 

Qand lavlagi 
120,3 

Tarik (Proso) 
25,0 

Gorox (Noxot) 
107,0 
10 
Loviya 
76,0 
11 
Beda urug‘i 
56,3 
12 
Konoplya 
44,0 
 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki chigit o‘z og‘irligini 
60% miqdorida namlikni (suvni) shimigandagina unib chiqa boshlaydi, shu sababli 
chigitni ekishdan oldin tuproqda yetarldi nam to‘plash uchun har gektar yerga 600-
800 m
3
/ga suv beriladi yoki agar chigit quruq tuproqqa ekilgan bo‘lsa unga undirib 
olish uchun ham suv beriladi. Bunda tuproqni sovitib yubormaslik uchun 50-60 sm 
tuproq qatlamini namlash uchun har gektar yerga 650-700 m
3
/ga hisobida nam suvi 


beriladi. Suv organizmning asosiy mineral tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli 
ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining 
eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini 
ta’minlaydi, suvdagi va metabalizm jarayonida qatnashadigan ko‘p organik hamda 
mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi, fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv 
va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o‘simlik organizmiga shimiladi 
O‘simliklar uchun suvning asosiy manbai yomg‘ir va qor suvlaridir, bundan 
tashqari o‘simliklar yana yer osti suvlari, shudring va tumanlardan ham 
foydalanadilar. Ana shu suvlarning umumiy miqdori va ularning yil fasllari bo‘ylab 
taqsimlanishi o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir. Masalan, ba’zi bir tropik 
iqlim sharoitidagi mamlakatlarda ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyo yoki Braziliyada bir 
yilda 10000 mm gacha yog‘in yog‘adi, buning ustiga iqlimi issiq va qish ham 
bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘ta qulay sharoit 
mavjud. Masalan, Braziliya hududida 40 ming va Indoneziya hududida 42 mingga 
yaqin o‘simlik turi o‘sadi. Markaziy Osiyo cho‘l zonasida yog‘inning o‘rtacha yillik 
miqdori 80 150 mm ni tashkil etsa, Janubiy-G‘arbiy Afrikada joylashgan Namibiya 
sahrosida (Valfishbay tumani) bir yilda taxminan 8 mm yog‘in yog‘adi. Lekin 
shunga qaramasdan bu yerlarda ham o‘simliklar o‘sadi. Markaziy Osiyoning tog‘li 
tumanlarida yog‘in ko‘p yog‘ib, 1200 mm gacha yetadi, uning yil fasllari bo‘ylab 
taqsimlanishi ham mavjud. Shu sababli bu hududlarda 7 mingga yaqin o‘simlik 
turlari o‘sgan bir paytda quruq va yozi issiq bo‘lgan cho‘l zonalarida esa atigi 800 
ga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. O‘simliklar organizmlarida suv, moddalar almashinuvi 
uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ 
reaksiyalarning substrati hisoblanadi. Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va 
almashinuv mahsulotlarining singishini, fizik termoregulyatsiyani va hayot 
faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni ta’minlaydi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling