Iv-bo‘lim. Suvning tuproq, o‘simlik va atmosfera tizimidagi harakati
Suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
wM5Ik0HgrP1cHhKZ2yV80UsyvZqEsBOrxMlQDGls (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Suvdan foydalanishni rejalashtirish
4.2. Suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish,
rasmiylashtirish tartibi va amal qilish muddatlari Shartnoma “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risida”gi Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyuldagi “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2013 yil 28 iyuldagi 121-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Irrigatsiya tizimi boshqarmasi Nizomi” asosida ITB va SIU o‘rtasida rasmiylashtiriladi. 4.3. Suvdan foydalanishni rejalashtirish Suv taqsimlash-murakkab bo‘lgan suvni boshqarish ishini oxirgi nuqtasidir. Shuning uchun suv taqsimlash usullarining eng to‘g‘risini tanlab olish o‘ta muhimdir. Lekin suvni taqsimlashni umuman suvni boshqarishdan ajratib bo‘lmaydi. Suvdan foydalanishni tashkil etishda SIUda quyidagi 2 ta asosiy vaziyatga e’tibor berish kerak: 1.Qaysi suvdan foydalanuvchiga suvni doimiy ravishda yetkazib berish; 2.SIU kanalida suvni kunlik (talabnoma bilan) taqsimotini shunday tuzish kerakki, unda barcha suvdan foydalanuvchilar oladigan suvlarning miqdori ular yetishtirayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish normalariga to‘g‘ri kelishi kerak. Kunlik suvdan foydalanish rejasi SIUning yirik kanaliga tuziladi. Bu kanalga 200-800 ga. yer maydonlari biriktirilgan bo‘lishi yoki SIUning 200 ga. sug‘orish maydoniga ega bo‘lgan bir necha kanallar uchun tuziladi. SIU kanalida suvdan foydalanishni rejalashtirish uchun avvalo sug‘orish kanalining chiziqli sxemasi chizilishi kerak (4.3.1 -rasm). 4.3.1 -rasm. Sug‘orish kanalining chiziqli sxemasi Sug‘orish kanalining chiziqli sxemasida suv tarqatiladigan joylar va nuqtalar, suvdan foydalanuvchining suv olish joylari ko‘rsatilishi kerak. 1- ф/х 7- ф/х 10- ф/х 6- ф/х 2- ф/х 3- ф/х 4- ф/х 5- ф/х 9- ф/х 12- ф/х 11- ф/х 8- ф/х SIUdagi sug‘orish kanalining chiziqli sxemasi shu kanaldagi holatni tasavvur qilish, unga qarab suvdan foydalanishda tezkor qarorlar qabul qilish nazarda tutiladi. 3-darajali kanallardan suv ichadigan suvdan foydalanuvchilarning sug‘orish maydonlari 1 gektardan kichik bo‘lganligi uchun ularni birlashtirib, suvdan foydalanuvchilar guruhi tashkil qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huddi shu tarzda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suvdan foydalanuvchilar guruhi tashkil qilish kerak. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling