Iv-bo‘lim. Suvning tuproq, o‘simlik va atmosfera tizimidagi harakati


 Suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1623727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
wM5Ik0HgrP1cHhKZ2yV80UsyvZqEsBOrxMlQDGls (1)

4.2. Suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish, 
rasmiylashtirish tartibi va amal qilish muddatlari 
Shartnoma “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 
19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan 
foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risida”gi Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyuldagi “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil 
etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2013 yil 28 iyuldagi 121-son 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Irrigatsiya tizimi boshqarmasi Nizomi” asosida ITB va 
SIU o‘rtasida rasmiylashtiriladi. 


4.3. Suvdan foydalanishni rejalashtirish 
Suv taqsimlash-murakkab bo‘lgan suvni boshqarish ishini oxirgi nuqtasidir.
Shuning uchun suv taqsimlash usullarining eng to‘g‘risini tanlab olish o‘ta 
muhimdir. Lekin suvni taqsimlashni umuman suvni boshqarishdan ajratib 
bo‘lmaydi.
Suvdan foydalanishni tashkil etishda SIUda quyidagi 2 ta asosiy vaziyatga 
e’tibor berish kerak: 
1.Qaysi suvdan foydalanuvchiga suvni doimiy ravishda yetkazib berish;
2.SIU kanalida suvni kunlik (talabnoma bilan) taqsimotini shunday tuzish 
kerakki, unda barcha suvdan foydalanuvchilar oladigan suvlarning miqdori ular 
yetishtirayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish normalariga to‘g‘ri kelishi 
kerak. 
Kunlik suvdan foydalanish rejasi SIUning yirik kanaliga tuziladi. Bu kanalga 
200-800 ga. yer maydonlari biriktirilgan bo‘lishi yoki SIUning 200 ga. sug‘orish 
maydoniga ega bo‘lgan bir necha kanallar uchun tuziladi. 
SIU kanalida suvdan foydalanishni rejalashtirish uchun avvalo sug‘orish 
kanalining chiziqli sxemasi chizilishi kerak (4.3.1 -rasm).
4.3.1 -rasm. Sug‘orish kanalining chiziqli sxemasi 
Sug‘orish kanalining chiziqli sxemasida suv tarqatiladigan joylar va nuqtalar, 
suvdan foydalanuvchining suv olish joylari ko‘rsatilishi kerak. 
1-
ф/х
7-
ф/х
10-
ф/х
6-
ф/х
2-
ф/х
3-
ф/х
4-
ф/х
5-
ф/х
9-
ф/х
12-
ф/х
11-
ф/х
8-
ф/х


SIUdagi sug‘orish kanalining chiziqli sxemasi shu kanaldagi holatni tasavvur 
qilish, unga qarab suvdan foydalanishda tezkor qarorlar qabul qilish nazarda tutiladi. 
3-darajali kanallardan suv ichadigan suvdan foydalanuvchilarning sug‘orish 
maydonlari 1 gektardan kichik bo‘lganligi uchun ularni birlashtirib, suvdan 
foydalanuvchilar guruhi tashkil qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Huddi shu tarzda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suvdan foydalanuvchilar 
guruhi tashkil qilish kerak. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling