Iv. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 104.75 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi104.75 Kb.
#1505597
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anorning yetishtirish



Mundarija
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Anor oʻsimligi va uning biologiyasi
2.2. Anorzorlarni barpo qilishda navlarga qoʻyiladigan talablar.
2.3. Anorzor barpo etishda talab etiladigan tuproq xolati
2.4. Anorzorlarni barpo qilishda talab etiladigan omillar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Keyingi vaqtlarda yurtimizda meva-sabzavot yetishtirish tizimini takomillashtirish, jumladan, meva-sabzavot ekiladigan maydonlarning hosildorligini oshirish, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini sezilarli ko’paytirish hamda xalqaro moliyaviy institutlarning mablag’larini faol jalb etishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ular tabiiy va tuproq-iqlim sharoitlarining uyg’unligi bois, eng totli hamda foydali hisoblanadi. Inson salomatligi uchun zarur bo’lgan mikroelementlar va turli biologik moddalarga boyligi jihatdan esa dunyoda yetakchi o’rinda turadi.
Shunday ekan, savol tug’iladi: nega unda umumiy hosilning atigi 14 foizi, ya’ni bor-yo’g’i 1,5 million tonnasi eksport qilinmoqda?
Mutaxassislarning fikricha, mahsulot mazali va servitamin bo’lishi mumkin, lekin marketing yo’qligi, jahon bozoridagi holat o’rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o’rtasida tizimli hamkorlik yo’lga qo’yilmagan. Sohibkor ekinlarni o’z bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta’sir ko’rsatyapti.
Boz ustiga, bog’ va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog’dan 70-100 tonna, ayrim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna an’anaviy bog’-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Yurtimizda meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo’yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag’lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo’qligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foizidan foydalanilmoqda.
Anor o‘simligi O‘zbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sug‘orish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, sho‘rga chidamli ekin. Anor XIX asrning oxirlaridan boshlab Farg‘ona viloyatining Quva tumani xududida keng ekilib kelinmoqda. Bugungi kunda Anor Respublikamizning Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va boshqa barcha viloyatlarda ekilib o‘stirilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlaridan tashqari Respublikamizning barcha viloyatlarida anor qish oylarida sovuqdan ko‘milib, baxorda ochilib parvarish qilinadi.
Mustaqillik yillardan keyin ayniqsa keyingi 4-5 yillarda anorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda anorchilik maktabi ilk bor Quvada tashkil etilib, butun Osiyoda tajriba sifatida o‘rganilgan. Bugungi kunda Quva tumanida 470 ta fermer xo‘jaligi 1 ming 800 gektar maydonda anor yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Anorchilikni rivojlantirishda serxosil maxalliy navlar bilan bir qatorda kasallik va zararkunandalariga va noqulay ob-xavo sharoitlariga chidamli va xosildorligi yuqori hamda mevasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan chet navlarini intraduksiya qilish, anorchilikka ilg‘or fan-texnika yutuqlarini – inovatsion texnologiyalarni joriy qilish amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona sharoitida o‘zining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. Chunki sho‘rga chidamli bu ekin turi har bir xonadonning tomorqasida mavjud. Bir tup anordan 40 kilogrammdan 80 kilogrammgacha hosil berishini hisoblaganda bu tabiat in’omi qanchalik serdaromad ekanini anglash qiyin emas. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, u boshqa mevalarga qaraganda uzoqroq saqlanish xususiyatiga ega. Bu ham anorning xaridorgirligini ta’minlaydi, albatta.Anor 200 (300) yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
Sifatli oziq-ovqat tayyorlash avvalambor xom-ashyo tarkibida bo‘lgan va mahsulotga qo‘shilgan kimyoviy moddalar turlarini, tarkibini, tuzulishini, olinish usulini hamda texnologik va organizmda xazm bo‘lish jarayonlaridagi o‘zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bog‘liq. Ma’lumki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil holda aholini yil bo‘yi sifatli turli xil mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hol qilib bo‘ladi. Qishloq xo‘jaliq mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga suyanib ish ko‘rilsa mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlik-shunoslik, mikrobiologiya va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda. Meva va sabzavotlarni qayta ishlash usulini mahsulotning turiga, naviga, yetishtirilgan regioniga, ularning kimyoviy tarkibiga va boshqa bir qator ko‘rsatkichlarga qarab tanlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach dastlabki kunlaridan boshlab kichik va o‘rta biznesga keng yo‘l ochib berildi. Yurtimizga ko‘plab chet el investorlari jalb qilindi.
Anor navlarini o’rganish o’tgan asrning 20 yillaridan keyin boshlangan. Ozarbayjon quruq subtropik o’simliklar stantsiyasida 1932-1939 yillar mobaynida Zakavkaze, O’rta Osiyo respublikalari, Dog’iston va Qrimda anor o’simliklari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. 1935 yildan boshlab quruq subtropik o’simliklar ilmiy-tadqiqot institutida ushbu o’simlikning O’rta Osiyoga mansub navlarini va ularni o’stirish usullarini o’rganish davom ettirilgan. Nikitski botanika bog’i, Dog’iston mevachilik stantsiyasi va boshqa ilmiy muassasalarda mahalliy sharoitlarda anor o’simligi keng ko’lamda sinab ko’rildi. Qulay sharoitlar mavjudligi sababli O’rta Osiyo respublikalarida anorning turli xil navlari o’stirilmoqda.Keng ishlab chiqarish sharoitlarida ko’paytirishga anorning quyidagi navlari tavsiya etilgan. Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor. U O‘zbekistonning deyarli barcha tumanlarida o‘stiriladi. Tabiiy holda o‘suvchi anorlar O‘zbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi.
Anor o’simligi qadimdan ekib kelingan eng mashhur tropik va subtopik o’simliklar qatoriga kiradi. Ushu o’simlikka Ispaniyada katta qiziqish uyg’otgan va keng hududlarga ekib kelingan (Lanskiy va Nyuman, 2007). Ispaniya Yevropada asosiy anor ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Ispaniyada anor yetishtiruvchi maydon janubiy-sharqiy qismda joylashgan.


Download 104.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling