Iv. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 104.75 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi104.75 Kb.
#1505597
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anorning yetishtirish

Qozoqi-anor. O’zbekistonning janubiy hududlarida va O’rta Osiyo respublikalarining boshqa tumanlarida keng tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, O’zbekistonda keng maydonlarga ekish uchun tavsiya etilgan. Tupi – sershox, o’rtacha tikanakli. Barglari – kichik, nashtarsimon. Gullari – ko’zasimon va qo’ng’iroqsimon, pastga egilgan, to’qqizil tusli. Mevalari yirik, vazni – 300 – 400 gr, yumaloq, bo’yni – to’g’ri, uzunligi – 13,5, diametri – 17,1 mm, pallasi – egik, ba’zida 13 mm.gacha buralgan. Po’sti va donalari oralig’idagi to’siqlar – o’rtacha qalinlikda. Mevalari – och malina tusli; asosiy mevalari sariq – nimyashil, mevasi bir-xil och malina rangi bilan qoplangan, mayda nuqtachalari bor. Doni – to’qqizil, yirik, uzunligi – 13 mm.gacha, urug’larining uzunligi – 8 mm.gacha. Mazasi – shirin – xushbo’y, sharbati – malina rangida. SHarbat chiqishi – 40-45%. Mevasida qand – 15,9 – 20,4%, kislota – 0,9 – 1,85%. Mevalari oktyabrning birinchi yarmida yetiladi. 1 tupdagi hosildorligi: O’rta Osiyoning yopiq maydonchalarida – 25 kg, Ozarbayjonning ochiq dalalarida – 35 – 40 kg. Mevasining saqlanish muddati – 6 oy. Mevalaridan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Achchiq dona – O’zbekiston mahalliy navi. O’zbekistonning Namangan, Andijon va boshqa viloyatlarida o’stiriladi. 1932 yildan buyon Ozarbayjonda ekilmoqda. Tojikiston va Turkmanistonda ekish uchun tavsiya etilgan. Tupining bo’yi – o’rtacha, shoxlari yoyilib o’sadi. Mevalari yirik – vazni 400-500 gramm, ba’zan 1 kg.gacha yetadi, tiniq malina tusli bo’ladi. Po’sti – qalin, pallasining yirikligi – o’rtacha. Asosan sirti ochsariq, malina tusli. O’rtacha yirik donalari – to’qqizil. Mazasi nordonroq. Ozarbayjondagi mevalari sharbatida qand – 14%, kislota – 2,5%, O’zbekistondagi mevalarida qand – 15,71% va kislota – 2%. SHarbat chiqishi 42-48%. Mevalari oktyabrning ikkinchi yarmida yetiladi. Ozarbayjonda sakkiz yillik o’simligining bir tupidan 15 – 25 kg.gacha hosil olingan. O’zbekistonda ko’p yillik tupidan 12 – 20 kg.gacha hosil olinadi. Iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Yupqa po’choq (bumajniy). 1931 yilda Ozarbayjonga Chudesniy nomi bilan keltirilgan. Ozarbayjon, Armaniston va O’rta Osiyo respublikalarida o’stirilmoqda. Gruziya, Ozarbayjon va Turkmanistonda ekish uchun tavsiya etilgan. Mevalari – maydaroq, o’rtacha vazni – 200 gramm, yumaloq, po’sti va donalari oralig’idagi to’siqlari – yupqa. Asosiy rangi – och sariq, qoplami – qizil, dog’li. donalari qizil, urug’lari kichik, xushbo’y. Mazasi shirin. Tarkibidagi qand – 12,75%, kislota – 0,2%. SHarbati malina tusli. SHarbat chiqishi – 60% gacha. Mevasi oktyabr boshlarida yetiladi. Bir tupidan o’rtacha 60-70 kg hosil olinadi. Mevasidan qayta ishlash uchun foydalaniladi. Sovuqqa mahalliy navga nisbatan chidamsizroq.
Oq dona – O’zbekiston mahalliy navi. O’zbekistonda, Tojikistonda, 1933 yildan buyon Turkmanistonda o’stirilmoqda. Tupi bo’ychan, yig’noq. Gullari yirik, ko’zasimon va qo’ng’iroqsimon, to’qqizil tusli. Mevalari – yirik, vazni 400 gr va undan ko’proq, yumaloq; pallasi – kichikroq, yig’noq; pallasining bo’g’zi konussimon, balandligi – 6 mm; Asosiy rangi – ochsariq, sirti qizg’ish, to’liq va qisman dog’li. SHarbat chiqishi – 62%. Mazasi – shirin, xushbo’y, tarkibidagi qand – 14,1%, kislota – 0,52%. Ozarbayjonda serhosil, past haroratga nisbatan chidamli nav 18 hisoblanadi. Mevalari oktyabr boshlarida yetiladi. Saqlanishi – qariyb 2 oy. Yangiligicha iste’mol qilish uchun foydalaniladi.
Qizil po’choq. O’zbekistonda o’stiriladi. 1933 yildan boshlab Ozarbayjonda ekilmoqda. Qirg’izistonda ko’paytirish uchun tavsiya etilgan. Tuplarining bo’yi uzun, sershox. Mevasining vazni 300 gramm, yumaloq, qizil, urug’lari qizil, mazasi – nordonroq. Mevasi oktyabrda yetiladi. Bir tupidan o’rtacha 45 kg.gacha hosil olinadi. Mevalaridan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.

Download 104.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling