Iv mavzu. Korxonani boshqarish


Ишланмаларни бошқариш маркази


Download 221.92 Kb.
bet11/14
Sana22.12.2022
Hajmi221.92 Kb.
#1041683
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4- MAVZU (1)

Ишланмаларни бошқариш маркази

Омма-вий ишлаб чиқа-риш



Текшириш-маро-мига етка-зиш ишлаб чиқа-риш



Тажриба- ишлаб чиқа-риш иш-лари





Тажриба-конструктор-лик иш-лари



Илмий тадқи-қот ишлари



3- ишланма раҳбари





2- ишланма раҳбари





1-ишланма раҳбари





Корхона директори


Korxona direktori o’rinbosarlari







Bo’linmalar
4.6.-chizma. Boshqaruvning matritsali strukturasi

Shuni qayd qilib o’tish kerakki, boshqaruv funktsiyalari o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Boshqaruv faoliyatining bitta turi boshqaruvning bir nechta funktsiyalari belgilariga ega bo’lishi va ular o’zaro chambarchas bog’lanib ketishi mumkin. Shu bilan birga har bir funktsiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni bilish rahbarning professional mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi.




4.4. Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti va jamiyatning demokratik tamoyillari kuchayishi, turli korxonalarning - yirik va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni kam bo’lgan mikrofirmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.


Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxona turi boshqaruv apparatining shakllanishi va tashkiliy tuzilmasiga sezilarli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’rta va ayniqsa, kichik korxonalar uchun yirik korxonalarning boshqaruv tuzilmasini ko’r-ko’rona ko’chirib olish maqsadga muvofiq emas. Bu qimmatga tushishi va ko’p mehnat talab qilishidan tashqari ma’nosiz hamdir. Shu sababli mikrofirma va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, harakatchanligi va bozor kon’yunkturasiga ta’siri ularning tashkiliy tuzilmasi soddaroq va optimal tarzdaligi bilan asoslab beriladi. Kichik korxonalarda asosan yirik korxonalarga xos bo’lgan katta funktsional bo’lim va xizmatlar mavjud bo’lmaydi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aktsionerlik korxonalarini (jamiyatlarini) boshqarishga katta qiziqish uyg’ongan. Bunday korxonalarning jamoalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmani boshqarishda ishtirok etadi. Yakka boshqaruv tamoyillariga asoslangan davlat korxonalaridan farqli ravishda aktsionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv shakli, usuli va tuzilmasini o’zlari mustaqil ravishda tanlaydilar, ishlab chiqarish faoliyati siyosati va shtatlarini belgilaydilar.
Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)da kuzatuv kengashi, boshqarma va aktsionerlarning umumiy yig’ilishi boshqaruv organi vazifasini bajaradi. Ularning faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga, shuningdek, boshqa huquqiy-normativ hujjatlarga, jumladan, aktsiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta’sischilar tarkibiga bog’liq bo’lgan-ta’sischilar kengashi muhim o’rin egallaydi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida ta’sischining eng kam soni belgilanmagan, yopiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida esa ta’sislarning eng kam miqdori uch kishi qilib belgilangan. Bundan tashqari ularning har biri aktsiyador bo’lishi shart.
Ta’sischilar aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ning rahbarini tayinlaydilar hamda bu rahbar keyinchalik aktsiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati bo’yicha barcha xatti-harakatlarni bajaradi va buning uchun javobgar hisoblanadi. Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda kuzatuvchilar kengashi muhim o’rin tutadi hamda quyidagi huquqlarga ega bo’ladi:

  • korxona faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

  • aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig’ilishlarini chaqirish;

  • aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi kun tartibini tayyorlash;

  • umumiy yig’ilishda qatnashish huquqiga ega bo’lgan aktsiyadorlar ro’yxatini tuzish;

  • korxona (jamiyat) Nizomiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;

  • korxonaninng Nizom jamg’armasini e’lon qilingan aktsiyalar turi va miqdoriga ko’ra, aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko’paytirish;

  • obligatsiya va qimmatbaho qog’ozlarni joylashtirish;

  • korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;

  • ijroiya organi rahbari (direktor, boshqarma raisi) va a’zolarini tayinlash;

  • jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo’yicha mehnat shartnomalarini tuzish;

  • ijroiya organiga to’lanuvchi mukofot, rag’batlantirish va kompensatsiyalar hajmini belgilash;

  • jamiyatning zahira va boshqa jamg’armalaridan foydalanish;

  • aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ning sho’’ba bo’limlari va vakolatxonalarini ochish;

  • jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni echish jamiyatning ijroiya organiga o’tkazilishi ijroiya organi a’zolari kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas. Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi hamda saylov davomida eng ko’p ovoz olgan shaxs kengash a’zoligiga nomzod hisoblanadi.
Jamiyatning moliyaviy va xo’jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish hay’ati muhim o’rin egallaydi. Ushbu xay’at a’zolari umumiy yig’ilish tomonidan aktsiyadorlar hamda korxonaning aktsiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar orasidan saylanadi. Xay’at boshqaruvning moliyaviy-xo’jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig’ilish, kuzatuv kengashi, korxona aktsiyalarining 10% dan ko’prog’iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruh aktsiyadorlarning, shuningdek, o’z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish hay’atining xulosalari aktsiyadorlik korxonasining yillik hisoboti va balansini tasdiqlashda katta ahamiyatga ega.
Ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ni boshqarishning namunaviy tuzilmasini 4.7. - chizma ko’rinishida aks ettirish mumkin.




4.7.-chizma. Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning na’munaviy tuzilmasi

Download 221.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling