Musiqa va ritmika” markazi butun kun davomida mashg`ulotlarni birlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, о`yinlar, musiqa asboblari chalish va yozilgan kuy-qо`shiqlarni tinglash har qanday dasturni yaxshigina tо`ldiradi. Musiqaviy mashg`ulotlar zehnni charxlaydi, ritmga, sanashga о`rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani) rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi. Pedagoglarning vazifasi – bolalarning muloqotga kirishishga bо`lgan qiziquvchanligini rag`batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning о`zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, о`z vaqtida kerakli sharoitni yaratishdan hamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan sо`ng, qaysidir kо`nikmalarga alohida e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a‘zolari mashg`ulotlarga kelar ekanlar, ular о`z farzandlarida ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning о`sayotganligini his etadilar va ta‘lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bо`lish uchun bolalar qanday о`zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari, tanlayotganliklari va bilim hamda kо`nikmalarni egallayotganliklarining guvohi bо`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |