IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II.Uy vazifasini tekshirish: O`tilgan mavzu yuzasidan tuzilgan savollar asosida “Marra tomon olg`a” o`yini o`tkaziladi. Bilim cho`qqilarini zabt etish uchun marra sari olg`a! Izoh:Aylana ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o`quvchilar birin-ketin savollarga javob beradi, javob berolmagan o`quvchi yo`lda qoladi, javob bergan o`quvchi marra tomon ketaveradi. Savollar: 1.Mil.avv. VI asrda Eronning qaysi viloyatida Ahamoniylar davlati vujudga keldi? – Fors viloyatida. 2.Eronga qaysi qabilalar ko`chib kelgan? – midiyaliklar va forslar 3.Elam davlatining poytaxti qaysi shahar bo`lgan? – Suza. 4.Midiya kimning hukmronligi Fors podsholigiga qo’shib olindi? – Kir II. 5.Ahamoniylar Bobil va Armanistondan qayerni bosib olishgan? – Suriya, Misr. 6.Kir II ning istilochilik siyosatini kim davom ettirgan? – Kambiz. 7. Mil.avv. 558-yilda forslarni birlashtirgan shaxs kim? – Kir II. 8.Misrni zabt etgan Eron hukmdori kim? – Kambiz. 9.Doro I nechanchi yilda hukmronlik qila boshlagan? - Mil.avv.522-yilda. 10.Mamlakatda oltin tanga zarb qilib muomalaga kiritgan Eron hukmdori kim? – Doro I. 11.Doro I mamlakatni viloyatlarga taqsimlagan bo`lib, u nima deb atalgan? – Satraplik. 12.Ahamoniylar davlati qancha vaqt hukmronlik qilgan? – 200 yil. 13.Frakiya kimning davrida Ahamoniylar davlatiga qo`shib olindi? – Doro I. 14.Elam davlati qachon vujudga ke;lgan? - Mil.avv. III ming yillikda. 15.Ahamoniylar davlati qachon Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi? - Mil.avv. 330-yilda. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling