Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.
Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan
rasmlsr, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II.Oquvchilar bilan savol-javob o`tkazish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Oquvchilar bilan savol-javob o`tkazish:
Siz o`tgan yili 5-sinfda “Tarixdan hikoyalar” bilan tanishgan edingiz.Bunda siz odamlar nega odamlar tarixni o`rganishi va uzoq o`tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishi haqida tushunchaga ega bo`ldingiz.
O`tgan o`quv yilida olgan bilimlarimizni bir eslaylik-chi.
1.Qadimgi tarixchilar O`zbekistonning ayrim viloyatlarini qanday ta`riflab kelganlar?
J: “Ming shahar o`lkasi”, “Yuksak bayroqli go`zal o`lka”, “Serquyosh o`lka” kabi nomlar bilan ataganlar.
2.Tarix so`ziga ta`rif bering.
3.”Vatan” deb nimaga aytilar ekan?
4.O`zbekiston deyilganda qayerni tushunamiz?
5.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” iborasining ma`nosi nimada ekan?
6.Tarix fani nima maqsadda o`rganiladi?
7. Vatanimiz iftixorlari kimlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |