III.Yangi mavzu bayoni:
Bu yil sizlar “Tarix” darsligi orqali eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishasizlar. Bu davr “Qadimgi davr” deyiladi.Yer yuzida odam paydo bo`lganidanto milodiy 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulaganiga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi.Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o`rganiladi.
Qadimgi dunyo tarixida eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari, Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim davlatlari va O`rta Osiyoning ilk davlatlari hukmronligi va qadimgi madaniyati haqida bilimlarga ega bo`lasizlar.
Keyingi darslarda O`rta Osiyo tarixiga oid eng qadimgi manbalar, ibtidoiy jamoa tuzumi, ibtidoiy to`da, urug`, matriarxat va patriarxat kabi atamalar bilan ham tanishasiz.
Ushbu darslikda yurtimizning qadimgi aholisi, davlatlari va ma`naviy meroslari bilan tanishasiz.Shuningdek, shu davrda ona-Vatan mudofaasi yo`lida o`z jonini fido qilgan xalq qahramonlarining jasoratlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lasizlar.
Yurtboshimiz aytganlaridek: - “O`zlikni anglash tarixni bilishdfan boshlanadi... Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o`zlikni anglash mumkin emas... ”
Do'stlaringiz bilan baham: |