III.Yangi mavzu bayoni:
Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo'linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo'ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So'g'diyona, Marg'iyona kirar edi. Davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug'ullanar edi. Miloddan avvalgi 293-yilda Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Baqtriya, So'g'diyonaga noib etib tayinladi. Mil. avv. 280-yilda Salavkaning vafotidan so'ng Antiox ulkan
davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi. Asta-sekinlik bilan So'g'diyona, Baqtriya va
Marg'iyonada tinch hayot tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar bunyod etildi,
savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Marg'iyona Antioxiysi (Marv), Termiz yirik shahar va madahiyat markazlariga aylandi.
Yunon-makedon istilolaridan keyin O`rta Osiyo tarixida antik davri boshlandi. Bu yurishlar pirovar-
dida G'arb va Sharq o'rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, o`lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. O`z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning binokorlik va hunarmandchilik an'analarini o`zlashtirdilar.
Mesopotamiya
Eron
Parfiya
Baqtriya
So`gdiyona
Marg`iyona
Do'stlaringiz bilan baham: |