IX. 2018. Tarix 1-dars


nmana” - katta patriarxal oila vis -


Download 1.7 Mb.
bet38/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

nmana- katta patriarxal oila vis - urug’ jamoasi

varzana - Hududiy qo’shnichilik jamoasi zantu - qabilaga

dah’ya - qabilalar ittifoqi
III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi qadimgi Misr hududida xalqlarning shakllanishi va davlatchilikning tashkil topishi mavzusi hajmi doirasida o`quvchilarga tushuntiradi.



O’zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo’l-ko’l hosilni olib kelguv­chi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug’vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun maydon hozirlagan. Adog’ida bir qancha sha­xobchalarga bo’linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O’rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi qayirlarini уunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la­ to’kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari yozilgan “uchburchak” ­harfiga o’xshash yunoncha "delta" harfiga monand bo’lgan. Nil vodiysi - har ikkala qirg’oq bo’ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi sug’oriladigan yerlardir. Nil vodiy­sini har ikkala tomondan tog’lar mudofaa devorlaridek muho­faza qilib turadi, adirlar ortida Sahroyi Kabir va Liviya cho’l­larining ko’z ilg’amas qumliklari yastanib yotadi. Daryoning har ikkala qirg’og’ida qora tuproqli serhosil dalalar yastangan. Vodiyliklar yurtga "Misr"-"Qora tuproq" deb nom berishgan. Har holda, hammavaqt ham shunday bo’lmagan. Qadim o’tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o’tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplan­gan, suvda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, qup­quruq yerlarda yovvoyi hayvonlar galasi sanqib yurar, botqoq­zorlarda esa zaharli ilonlar yashar edi. . Vaqt o’tgani sayin iqlim o’zgarib bordi, suv ham yildan yilga kamayaverdi, Shimoliy Afrika ham cho’lga aylanaverdi. Buloq suvlarini axtarib yurgan odamlar va hayvonlar obod yurtlarini tark etishga majbur bo’lishdi. Shu taxlit, ziroatchi­lik aholining asosiy mashg’ulotiga aylandi. Мil.avv. IV ming­yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtirishga bel bog’ladilar. Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo’l oqqan yillarda misrlik dehqonlar hosili ham barakali bo’lar edi. Misrlik dehqonlar bug’doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to’qilar edi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berar, qo’lda urug’ sepilar, so’ngra urug’likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o’tishardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi. Sigirlar, ho’kizlar, qo’ylar, echkilar, cho’chqalarni boqishar, odatda, ho’kizlarni dala ishlariga solishar edi. Misr dehqonlari urug’ sochish va hosilni yig’ishtirib olish ishlarini g’ayriodatiy muddatda o’tkazishardi. Issiq yoz oyla­rida dam olishar, urug’likni ekishga hozirlashardi, negaki bu mahalda barcha dalalarni suv bosgan bo’lardi. Kuzda dalalarga urug’ sochishar, sug’orish uchun kanallar va ariqlarni toza­lashar, chunki yomg’ir juda kam yog’ar edi. Qishda esa hosil yig’im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o’roqlar bilan o’rib olishar, so’ngra xo’p qo’shiladigan maxsus joyga tashib keltirishar, bug’doy yoki arpa bog’lari ustidan hayvonlarni haydab o’tib, hosilni yanchishar edi. Xirmonjoydan chiqqan donni esa sopol xumlarda saqlashardi. Bu tadbir donni son­ sanoqsiz kemiruvchilar zararkunandaligidan omon saqlardi. Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo’lgan. Mischilar misni eritsa, temirchilar undan mehnat quroli quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasashar, mustahkam bo’lishi uchun xumdonda pishirishardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quri­tilgan xom g’ishtdan qurilgan. Hukmdor fir’avnlar saroylari va ibodatxonalar toshdan Barpo etilgan. Ustalar va duradgorlar de­raza va eshiklar, har xil ro’zg’orbop mebellar yasashardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog’ochdan esa kemalar qurishardi. Ko’nchilar va to’quvchilar kiyim-kechak uchun mate­riallar tayyorlashar, tikuvchilar esa liboslar tikishardi. Odamlar miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzil­gohlar "nom" deb atalgan ilk dav­latlarga birlashdi. Vaqt o’tishi bilan asta-sekin qabila sardorlari hukmdorlarga podsholarga aylanishdi, oqsoqollar esa boshqaruv ishlarida ularga yordam berishardi. Kohinlar alo­hida mavqe va nufuzga ega bo’lishgan. Kohinlar diniy maro­simlarni bajarishar, muhim ishlar oldidan xudolardan madad so’rab iltijo qilishar edi. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan: bittasi Quyi Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o’rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g’alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya’ni fir’avn bo’ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo’lmish Memfis shahri barpo etildi. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O’rta, Уangi va So’nggi podsholik davrlariga ajratishgan. Vaqt o’tishi bilan "nom"lar hukmdorlari o’z mol-mulkini ko’paytirib oldi, Misr tag’in mustaqil davlatlarga aylangan alohida “nom"larga parchalanib ketdi. 200 yildan so’ngra mamlakatning qayta birlashuvi ro’y berdi, shu tariqa, O’rta podsholik hukmronligi davri boshlandi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri edi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling