II.Uy vazifasini tekshirish: “Marra tomon olg`a” o`yini o`tkaziladi.
Bilim cho`qqilarini zabt etish uchun marra sari olg`a! Savollar:
1.Zardushtiylik qachon vujudga kelgan? – Mil.avv. I ming yillikda.
2.Zardushtiylik qayerda vujudga kelgan? – Xorazmda.
3.Zardushtiylik dinining asoschisi kim? – Zardusht.
4.Zardushtni yevropaliklar qanday ataganlar? – Zoroastr.
5.Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi? – “Avesto”.
6.”Avesto ”matnlariga sharh nima deb ataladi? – Zand.
7.Zardushtiylikda nimalar muqaddas? – tuproq, havo, suv, olov(quyosh).
8.Zardushtiylar hayotining tub ma`nosi? – ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal.
9.Zardushtiylik xudolari? – Ahuramazda, Ahriman, Anaxita, Mitra.
10.”Payg`ambar” so`zining ma`nosi? – Ezgu amallar haqida xabar beruvchi.
11.Zardusht necha yoshida payg`ambarga aylandi? – 30 yoshida.
12.”Avesto” so`zining ma`nosi nima? – Qat`iy belgilangan qonun-qoidalar.
13.”Avesto”ning alohida qismlarini ilk marotaba kim tarjima qilgan? – A.Dyuperron.
14.Farovonlik va mol-davlat homiysi kim? – Mitra.
15.Zardushtiylar yomg`irdan keyingi kamalakka nima uchun sig`inganlar? – Mitra o`q uzadigan yoy deb.
Do'stlaringiz bilan baham: |