IX. 2018. Tarix 1-dars


Dars turi: aralash Dars uslubi


Download 1.7 Mb.
bet150/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Dars turi: aralash

Dars uslubi: og`zaki, yozma

Dars usuli: kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili”, “Munosabat”

Dars jihozi:

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II.Uy vazifasini tekshirish:

O`tilgan darsni “Taqqoslash” usuli yordamida aniqlanadi. O`quvchilarga quyidagicha tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi:




Afina maktablari

Bizning maktablar









Afina fuqarosi

O`zbekiston fuqarosi










Afina shaharlari

O`zbekiston shaharlari









Afina shahri

Sparta shahri









III.Yangi mavzu bayoni:

Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan ko‘plab kishilar o‘z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lganlar.

Yersiz, nochor yunonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydilar. Jo‘nab ketish oldidan ular xudolarga qurbonliklar bag‘ishlashgan. O‘zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to‘qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi. Yunonistondan ko‘chib kel ganlar Sitsiliya oroli sohili va Apennin yarimoroli janubiga o‘rnashdilar.

Ularning manzilgohlari O‘rtayer va Qora dengiz bo‘ylarida ham vujudga keldi. Yunonlarning koloniyalari sekin-asta shahar- davlatlarga aylana bordi. Bu shaharlarning o‘z hokimlari, qo‘shinlari, qonunlari va tangalari bo‘lgan. Ularda savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlangan. Koloniyalarning aholisi Yunoniston shaharlari – polislari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Yunonlar o‘zini yagona xalq – ellinlar deb, o‘z vatanini esa Ellada deb atashgan. Yunonlar o‘zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi

yunon bo‘lmagan xalqlarni «varvarlar» deb atashgan.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling