IX. 2018. Tarix 1-dars
II.Uy vazifasini tekshirish
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Yangi mavzu bayoni
II.Uy vazifasini tekshirish:
1)Tushunchalar tahlili:
2) “Yillar tilga kirganda” 1. Miloddan avvalgi 336-yil - Aleksandr Makedoniya podshosi bo’ladi. 2. Мil. avv. 334-yil – Aleksandr Sharqqa yurish boshladi. 3. Mil. Avv. 330-yil - Makedoniyalik Aleksand Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor keltirdi. III.Yangi mavzu bayoni: Mil.avv. 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Amudaryodan o’ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to’siqdan o’tib oldilar oshladi. Rivoyatga ko’ra, Bu shaharga fors shohi Kir asos solgan ekan. So’g’diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko’tarildi. Tez orada so’g’diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo’shiladilar. Qo’zg’olonga iste’dodli rahbar va qo’mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo’shin to’plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga 3 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin jo’natadi. Qadimda "Politimet" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o’zi qo’zg’olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to’xtatadi, o’z qo’shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo’yida, Xo’jand yaqinida bir tayanch manzili barpo etish to’g’risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada garnizon - maxsus harbiy qo’shin qoldirib, asosiy qo’shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo’nadi. O’sha yilning bahorida Aleksandr qo’zg’olonni bostirish chorasini ko’radi. O’z lashkarlarini uch qismga bo’lib, So’g’diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Mil. Avv 328 yil kuzida Spitamenning Aleksanr bilan hal qiluvchi jangi bo’lib o’tdi. Kuchlar teng bo’lmaganidan Spitamen engilib, tag’in cho’lga chekinadi. O’sha yerda ko’chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o’ldiradilar. Spitamenning o’limi so’g’diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Xoriyen va Oksiartning Hisor tog’larida joylashgan tog’ qal’alarini qo’lga kiritib, Aleksandr Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e’tiborli so’g’d qabilasi boshliqlaridan biri bilan qarindosh tutinadi. O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo’lmagan hududni: Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona va hozirgi Bekobod va Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo’zg’oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo’shinlari birinchi bor qator mag’lubiyatlarga uchradilar. Уunon-makedon qo’shinlarining bosqinchilik yurishlari O’rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko’plab shaharlar vayron etildi. Мil. avv. 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So’g’diyona yoshlari hisobiga to’ldiriladi. Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari o’zaro omuxta bo’la bordi. Shu asosda O’rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling