IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet225/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Miloddan avvalgi 250- yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr

tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo'lmish Diodot o`zini podsho deb

e'lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250- yilda Sa-

lavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari,

Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So'g'diyona va Marg'iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixid qoldirmagan Yevtidemga o'tadi. Yevtidemning o'g'li Demetriy hukmronligi davrida (mil. avv. 199-167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo'shib olingan. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo'liga o'tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Bundan foydalangan ko'chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140 -130-yillar oralig'ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.

Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashadi. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati

yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko'plab shaharlar barpo etildi. Baqtriya, So'g'diyona va Marg'iyona hunarmandlari yasagan buyumlar ko'pgina qo'shni shaharlar va davlatlarga ham tarqaldi. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo'yi - Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo'li qurib bitkazilgach jahondagi ko'pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo'li, shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining janubiy tarmoqlari o`tgan edi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling