III.Yangi mavzu bayoni:
Qang` davlati . Xitoy manbalaridan Qang` davlatining Qang`yuy deb atalgani ma’lum. Miloddan avvalgi III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanidagi Qang`ha shahar xarobasi saklarning o`sha kezlardagi poytaxti Qang`dez bo`lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan.
Qang` davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo`ylab joylashgan edi. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang` qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari hatto o`z nomidan tanga zarb qiladi. Qang` davlatida ulkan istehkomlar, qal’a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o`troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi. Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo`lining shimoliy tarmog`i o`tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu hol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu urushlarda qang`arlar (Qang` davlati aholisini shunday atashgan) ko`pincha g`olib chiqar edilar. Masalan, Qang` davlatiga yurishlardan birida jo`natilgan 60000 nafar xitoylik jangchidan 10000 ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan, xolos. Milodiy III asrga kelib Qang` davlati parchalanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |