IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet234/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Qang` davlati . Xitoy manbalaridan  Qang` davlatining Qang`yuy deb atalgani ma’lum. Miloddan avvalgi III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanidagi Qang`ha shahar xarobasi saklarning o`sha kezlardagi poytaxti Qang`dez bo`lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan.

Qang` davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo`ylab joylashgan edi. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang` qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari hatto o`z nomidan tanga zarb qiladi. Qang` davlatida ulkan istehkomlar, qal’a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o`troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi. Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo`lining shimoliy tarmog`i o`tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu hol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu urushlarda qang`arlar (Qang` davlati aholisini shunday atashgan) ko`pincha g`olib chiqar edilar. Masalan, Qang` davlatiga yurishlardan birida jo`natilgan 60000 nafar xitoylik jangchidan 10000 ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan, xolos. Milodiy III asrga kelib Qang` davlati parchalanib ketdi.




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling