III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza”
Kohinlar xudolar va odamlar o’rtasida vositachi bo’lishgan. Misrliklar e’tiqodicha, mabodo Уer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad bermaу qo’yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag’ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Кohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug’lik sochish va hosilni yig’ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi. Barcha "nom"larda ibodatxonalar bo’lgan, fir’avnlar ularga kattakatta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar katta-katta уer mulklariga egalik qilar edi. Нar birr zafarli bosqinchilik yurishidan keyin fir’avnlar o’ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardilar. Misrliklar uchun ibodatxona xudolar va ilohalarning Уer yuzidagi koshonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning haykalchalari turar, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Ibodatxona ichkarisiga esa faqat kohinlar kirishi mumkin bo’lgan. Oddiy odamlarning ko’pchiligi faqat hadyalar berish va xudolarga munojot qilish uchun ibodatxona darvozasiga yaqinroq kela olishardi, xolos. Ibodatxonadagi kotiblar esa xudolarga o’tinchnomalarni yozib berishardi. Нar kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag’ishlar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |