Ix bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari i-§. S h a X siy huquq va erkinliklar tushunchasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#213224
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ik1dt7fPX57tfCzgyHhOjjj6BYDaBcq6OvmwWavT



IX  bob.  Fuqarolarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari

I-§.  S h a x siy   huquq  va  erkinliklar  tushunchasi

S haxsiy  huquq  va  erkinliklar  tu sh u n c h a s in i  aniqlashdan  av­

val  u m u m a n .  huquq,  erkinlik  degan  tu s h u n c h a la rn i  aniqlash  lo- 

zim.  H uquq  davlat  tom onidan  t a ’m in lanad ig an,  himoya  qilinadi­

g an   nim adir  qilish,  am a lg a   oshirish,  m unosib  y ash ash   sharoitiga 

ega  bo'lish,  zo'rliklardan  himoya  qilinishning  tabiiy  imkoniyatidir. 

Erkinlik  esa,  biror-bir  n arsad a  (xulq-atvorda,  faoliyatda)  qonun  bi­

lan  taqiqlanm agan,  biror-bir  c h ek lash n in g   yo'qligidir.  Ya’ni,  huquq- 

da  asosiy  m asala  im koniyatga  ega  bo'lish,  erkinlikda  esa,  chek­

la sh n ing   yo'qligidir.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  fuqarolarning asosiy 

huquq  va  erkinliklari  uch  g u r u h g a   bo'lib  m u s ta h k a m la n g a n .  Bu- 

lar:  “Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar”,  “Siyosiy  h u q u qlar”,  “Iqtisodiy 

va  ijtimoiy  h u quqlar”.

Fuqarolarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari  u stuvor  huquq 

hisoblanadi  va  bu  O 'zb ek isto n   Respublikasi  Konstitutsiyasida  birin­

chi  o'rinda  berilganligidan  ham   ko'rinadi.

Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar  fuqarolarning  hayoti,  sog'lig'i, 

e’tiqodi  bilan  bog'liqdir.  Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar  insonni 

sh ax s  sifatida  nam oyon  etuvchi  imkoniyatdir.

Shaxsiy  huquq  va  erkinliklarni,  odatda,  tabiiy  huquqlar  ham 

deb  yuritiladi.  U lar  inson  tug'ilishi  bilan  vujudga  keladi.  Ularni 

davlat  bermaydi.  Faqat  shu  huquqlarni  davlat  t a ’minlaydi  va  shun- 

ga  majbur.  Shaxsiy,  y a’ni  tabiiy  huquqlar  barcha  mamlakatlarda 

mavjud  va  davlat  tom onidan  ta ’minlanadi.  Shaxsiy  huquq  va  erkin­

liklar  xalqaro  hujjatlar  bilan  ham   himoya  qilinadi.

O 'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  ishlab  chiqishda  va 

qabul  qilishda  fuqarolarning  shaxsiy  huquqlari  belgilangan  xalqaro 

hujjatlar,  jum ladan,  Inson  huquqlari  U m um jahon  Deklaratsiyasi 

qoidalariga  am al  qilindi.

Natijada  birinchi  m a rta ,  Konstitutsiyada  yashash  huquqi  qayd 

qilinib,  bu  huquqni  t a ’minlashni  davlat  o'z  zim m asig a  oldi.



146

www.ziyouz.com kutubxonasi




Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar,  boshqa  huquqlardan  farq  qilib, 

ularni  cheklash  m u m k in   emas.  Alohida  hollarda  cheklash  zarurati 

bo'lsa,  bu  K onstitutsiya  asosida,  unda  ko'rsatilgan  tartibda  am alga 

oshiriladi.  Ya ni,  ba zi  hollarda  cheklash  qonunga  asosan  am alga 

oshirilishi  belgilangan.

Lekin  s h u n d ay   huquqlar  borki,  ularni  aslo  cheklash,  ulardan 

m ahrum  qilish  m um kin  emas.  M asalan,  yashash  huquqi.

Shaxsiy  huquqlardan  barcha  shaxslar,  fuqaroligidan  qat’i  nazar, 

foydalanadi  va  davlat  ham  barchaga,  fuqaroligidan  qat'i  nazar, 

shaxsiy  huquq  va  erkinliklardan  foydalanishga  imkon  yaratadi.

Konstitutsiyaga  asosan  shaxsiy  huquq  va  erkinliklar  bilan 

bog'liq  in so n n in g   hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa 

daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanishi  ham  bu  huquqlarning 

huquq  va  erkinliklar  tizimida  ustuvor  hisoblanishiga  olib  keladi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling