Ix bob. Hujayra yadrosi va uning tarkibi
Download 1.15 Mb.
|
11. yadro (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadrochaning turli tuzilishining chizmasi
Yadrocha. Barcha yadrolarda bo‘ladi. Ularning soni bir nechta bo‘lib, yumaloq tanacha holida ko‘rinadi. Yadrocha mustaqil organoid yoki struktura emas. Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lum bo‘ldiki hujayra oqsilini sintezlash jarayonida yadrochada ribosomal RNK va ribosomalar hosil bo‘ladi. Yadrochada hosil bo‘lgan ribosoma yadroga yoki sitoplazmaga chiqadi va oqsil sintezida ishtirok etadi.
58-rasm. Yadrochaning turli tuzilishining chizmasi (nn-nukleolonema, f-fibrillyar tolalar, g-granulalar) Yadrochalarning soni hujayrada o‘zgarishi mumkin, bu esa hujayraning gen balansiga bog‘liq bo‘ladi. Aniqlanishicha yadrochalar ayrim xromosomalarning ma’lum lokuslarida hosil bo‘ladi. Buni telofaza va profazada ko‘rish mumkin. Bunday xromosomalar ikkinchi bog‘lashga ega bo‘ladi, ana shu bog‘lanishlar joylashgan xromosomaning qismidan yadrocha hosil bo‘ladi. Umuman yadrochaning hosil bo‘lishi va uning soni yadrocha hosil qiluvchi xromosomaning aktivligiga va undagi ikkinchi bog‘lanishning soniga bog‘liq bo‘ladi. Yadrocha murakkab kimyoviy tarkibga ega. Unda oqsil, RNK, DNK borligi aniqlangan. Yadrocha RNK si 2-8 martagacha sitoplazmadagi RNK dan 1-3 marta DNK dan ko‘pdir. Oqsil yadrochaning quruq og‘irligini 80-90 % ini tashkil qiladi. Yadrochadagi RNK yadrochaning quruq og‘irligini 2-10 % gacha qismini egallaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sitoplazmatik RNK yadrochada sintezlanadi, uning 70-90 % ini ribosomal RNK dir. Shuning uchun ham yadrocha ribosomal RNK ni hosil qiluvchi joydir. Yadrocha morfologik tuzilishiga ko‘ra diffuz massadir, tolasimon strukturaga ega, yorug‘lik mikroskopida yaxshi ko‘rinadi. Yadrochaning asosiy struktur komponentlari – zich granulalardan va nozik fibrillardan iborat bo‘lib, granulalarning kattaligi 15 nm, fibrillarning qalinligi 4-8 nm dir. Ko‘pchilik hujayrada masalan baliqlarning va amfibiyalarning ootsitlarida, o‘simlikning meristematik hujayralarida yadrochaning markazida fibrillar qismi zich joylashgan bo‘lib, granulalar bo‘lmaydi, granulalar markazdan chetda joylashadi. Granulalar qalinligi 4-8 nm bo‘lgan tarqoq fibrillar bilan birlashadi – bunga nukleolemalarga to‘g‘ri keladi. Markaziy fibrillyar qismi amorf qismiga to‘g‘ri keladi. Yadrochaning granulyar va fibrillyar qismi ribonukleoproteidlardan – RNP dan iborat. Yadrochada ribosomal RNK sintezlanadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling