Yadro shirasi. Yadro shirasi (kariolimfa) turli tuman konsistensiyaga ega bo‘lgan strukturasiz massadir. Ayrim vaqtlarda granulalar uchraydi, bu yadroning ribosomalari bo‘lsa kerak. Yadro shirasining tarkibiga oqsillar-nukleoproteidlar, glikoproteidlar, fermentlar bo‘ladi. Yadro shirasidagi fermentlar asosan aerob nafas oluvchi fermentlar bo‘lib, ular ATFning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bulardan tashqari organik fosfatlarni almashtiruvchi fermentlar, DNK va RNK sintezi bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar, oqsil va aminokislotalarni almashtirishda ishtirok etuvchi fermentlar bor. Yadro shirasida oqsil sintezi bilan bog‘liq barcha komponentlar bo‘ladi. Yadro shirasining asosiy funksiyasi yadro strukturasini bog‘lashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |