Qisqa xulosalar
Biznes-rejaning «Ishlab chiqarish rejasi» bo‘limi
vazifasi korxonaning
belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli
miqdorda ishlab chiqarish
imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish jarayonini bayon qilish, korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlari va resurslar ta‘minotini
asoslab berish,
ishlab chiqarish rejasi
ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishni qamrab olishi lozim.
Ishlab chiqarish rejasini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta‘minlanganligini
asoslab berish, ishlab chiqarish
muddatining davomiyligi,
ishlov beriluvchi detallar
hajmi va operatsiyalar yig‘indisi kabi hisob-kitoblarni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish dasturining asoslanganligi moddiy
va xom ashyo resurslariga
ehtiyojlar bilan mustahkamlanadi. Bunday hisob-kitoblarni
ulardan foydalanish
samaradorligini, shuningdek, xarid qilish va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan
holda amalga oshirish zarur.
Muhokama va nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?