Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi
-rasm. Talab va taklif Chiziqlari
Download 51.2 Kb.
|
9-MAVZU Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi
9.1-rasm. Talab va taklif Chiziqlari.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni о‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentAbel bо‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentAbel bо‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bо‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. Talab chizig‘i iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bо‘lsa, ular shuncha kо‘p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada kо‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat YE nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bо‘ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. narx muvozanat narx bо‘lganda, taklif qilinadigan va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bо‘ladi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bо‘lmaydi. Bozor sharoitlarini о‘zgarishi talab va taklif muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, о‘z о‘zidan avtomatik ravishda, muvozanatni tiklash tendensiyasi mavjud. Bunday holatni tushunish uchun quyidagi ikki holni qaraymiz: Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bо‘lsin ya’ni, bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bо‘lgan miqdordan kо‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot tо‘plana boshlaydi, mahsulot tо‘planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bо‘ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa о‘sadi, bu о‘z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx о‘rnatilguncha davom etadi. Va ushbu urnatilgan narx tarmoq korxonalari uchun bir xil va erkin raqobat sharoitida о‘zgarmas hisoblanadi. Butun tarmoq bо‘yicha ushbu narx umumiy hisoblanib, xarajatlarini qoplay olmagan korxonalar tarmoqdan chiqib ketadi. Agar boshlang‘ich narx, masalan YE muvozanat narxdan past bо‘lganda, yuqoridagiga teskari holat yuzaga keladi. Bunda tovar tanqisligi rivojlana boshlaydi, nima uchun deganda P2 narxda iste’molchilar qancha miqdorda tovar xohlasa, shuncha miqdorda sotib olaolmaydi Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot tо‘g‘ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bо‘lgandagina ma’noga ega bо‘ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori о‘rtasidagi moslik bir qiymatli bо‘la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning о‘zgarishiga qarab, narxni о‘z foydasiga moslashtirib о‘zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig‘ini chizganimizda, oshkora bо‘lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz. Download 51.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling