№
|
SAVOL
|
JAVOB
|
1
|
Monopolistik kapitalizmning asosiy belgilari nimalardan iborat? (ya’ni erkin kapitalizmdan monopolistic kapitalizmning farqlari)
|
Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi;
Moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi
Chetga kapital chiqarishning muhim ahamiyat kasb etishi;
Xalqaro monopoliyalarning dunyoni iqtisodiy jihatdan bo’lib olishlari;
Dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olish uchun kurash kuchayishi;
|
2
|
Monopoliyalarning vujudga kelishi qanday oqibatlarga olib kelgan?
|
Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi; bu o’z navbatida mehnat unumdorligini oshirdi.
Jamiyatda hokimyatning juda ozchilik qo’lida to’planishiga olib keldi. Shu sabab AQSH monopolistchilarini “Amerikaning tojsiz qirollari” deyishmagan. Yoki Germaniyada “Kruppga nima yaxshi bo’lsa u Germaniya uchun ham yaxshi”
Monopolistic kapitalizm qirg’inbarot urushlarni ham kuchaytirdi. Bunday urushlar ayniqsa XIX asr oxirida kuchaydi va aynan shu “imperializm” atamasining keng ishlatilishiga olib keldi;
|
3
|
Parij Komunnasi amalga oshirgan ijtimoiy-iqtisodiy ISLOHOTLAR?
|
Egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi,
Majburiy va bepul talim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi.
Mehnatkashlarning uy-joy haqini to`lash muddatlari kechiktirildi.
Ishsizlarni ish bilan ta'minlash idorasi tuzildi.
Xususiy mulk bo`lib kelgan temiryo`l idoralarini kommuna o`z ixtiyoriga oldi
Ishlab chiqarish ustidan nazorat o`rnatdi
|
4
|
Parij Komunnasi o’z siyosatida qanday XATOLARga yo’l qo’ydi?
|
Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta'qib qilmadi. Bu esa Tyerga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to`plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat armiyasi Parijni qamalga olishga muvaffaq bo`ldi.
Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo`llab-quvvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg`ol qilib turgan paytda bosh ko`targan isyonchilar deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommuna to`la g`alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi bilan qo`rqitishga erisha oldi.
Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to`la o`z qo`hga olmadi.
To`rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo`lmadi.
|
5
|
Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?
|
Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo`lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo`lishiga olib kelgan.
Ikkinchidan, ichki bozorning cheklanganligi va tabiiy boyliklarning kamligi
Uchinchidan, Prussiya bilan bo`lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talofat yetkazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko`rdi. Ayni paytda, Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to`lashga majbur bo`ldi.
To`rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta'sir ko`rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o`sishiga salbiy ta'sir ko`rsatayotgan edi.
|
6
|
Xo`sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo`ldi?
|
Bosh omil Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv oqibatida yagona ichki bozor vujudga keldi. Ya'ni, bojxona to`siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o`lchov va og`irlik birliklari joriy etildi.
Ikkinchi omil-Fransiyaning talanishi bo`ldi. Fransiya 3 yil ichida 5 mlrd. frank tovon to`lashga majbur etildi. Undan tortib olingan va temir rudasiga boy Lotaringiya Saar toshko`mir koni bilan birgalikda Germaniya og`ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar. Ishlab chiqarishga eng ilg`or texnologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdilar. Ayniqsa, Tomson tomonidan fosfor olish jarayonini soddalashtirish Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor rudalarining asosiy makoni edi.
To`rtinchidan, sanoatning tez sur'atlar bilan harbiylashtirilishi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta`sir etmay qolmadi. Fransiydan undirilgan tovonning, ma’lum qismi harbiy buyurtmalar uchun to’landi;
|
7
|
Birinchi jahon urushining muqarrarligi nimalarda namoyon bo’ldi?
|
Germaniyaning Yevropada hukumron bo’lish davolari kuchaydi;
Jahon bozorida Germaniya Britaniyaning asosiy raqibiga aylandi;
Germaniya Afrikani qayta taqsimlashni talab qila boshladi, bu o’z navbatida Britaniya va Fransiya bilan munosabatlarni yomonlashtirdi;
Germaniya Bolqonga, Yaqin, O’rta va Uzoq Sharqqa suqilib kirishi faollashdi va bu jarayon tarixga “Sharqqa hujum” (“Grang nach osten”) nomi bilan kirdi;
|
8
|
Liberall partiya rahbari U.Gladston Britaniyada qanday islohatlar o’tkazdi?
|
Tred-yunionlarga o’z manfatlarini sudda himoya qilish huquqini berdi va ish tashlash o’tkazishga ruhsat berildi;
Parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazish joriy qilindi;
Maktab islohotlari o’tkazildi;
|
9
|
Bosh vazir B.Dizraeli 1875-yilda qanday islohatlarni amalga oshirdi?
|
Haftasida 54 soatlik ish vaqti belgilandi;
10 yoshdan kichik bolalarni ishga olish taqiqlandi;
|
10
|
XIX asr oxiri- XX asr boshida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha 3-o’ringa tushib ketishiga sabab nimada?
|
Birinchidan (asosiy sabab) – kapitalning chetga chiqarib yuborilishi;
Xalqaro maydonda dunyoni qayta bo’lish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda , Britaniya harbiy harajatlarni ko’paytirishga majbur bo’ldi;
|
11
|
1881-yilda Britaniya hukumatining Irlandiyaga taklif qilgan “Yer-suv Akti” nimalarni nazarda tutgan?
|
15 yil muddatga ijara miqdorini adolat bilan belgilash;
Ijarachiga o’z maydonini boshqa bir shaxsga o’tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko’zda tutilgan;
|
12
|
1911-yilda Britaniyada o’tgazilgan Uchinchi Parlament islohatiga ko’r . . .
|
parlamentning yuqori palatasi - Lordlar palatasining veto huquqlarini chekladi.
Chunonchi, parlamentning quyi palatasi (umumpalata) bir qonunni 3 marta qabul qilsa, bu qonun Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa ham kuchga kiradigan bo`ldi.
Lordlar palatasi moliya masalalarini ham hal etishdan chetlatib qo`yildi.
Parlamentning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi.
Deputatlarga maosh joriy etildi.
|
13
|
AQSH iqtisodiy taraqqiyotining sabablari ?
|
Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki bozorning vujudga kelganligi,
qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi,
unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko`pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o`rmonlar,
amerika xalqining tadbirkorligi;
AQShga qo`shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hol AQShni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi.
Bundan tashqari, AQShga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar edi.Xususan, 1870-1914- yillarda AQShga 25 mln. kishi ko`chib keldi.
Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishga keng joriy etilishiga yo`l ochdi.
|
14
|
Prezident Maderoning Meksikadagi islohotlari?
|
Meksikadagi og`ir ichki siyosiy vaziyat tufayli u biror jiddiy o`zgarishlar qila olmadi. Ammo:
ish kununi 10 soatgacha cheklab qo`ydi;
ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi;
Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtisodini himoya qilishga intildi;
|
15
|
1891-yilgi Braziliya Konstitutsiyasiga ko’ra:
|
Braziliya Qo`shma Shtatlari deb ataladigan bo`ldi.
Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini e'lon qildi.
Yozish va o`qishni biluvchi fuqarolarga umumiy saylov e'lon qildi
|
16
|
1895-yilda tashkil topgan Argentina Sotsiolistik Demokratik Partiyasi (ASDP) qaysi maqsadlar yo’lida kurash olib bordi?
|
diniy ta`limni bekor qillsh,
yagona soliq joriy etish,
kasaba uyushmalanni birlashtirsh va namoyshlarga ruxsat uchun kurash olib bordi.
|
17
|
1906-yilgi Rossiyadagi STOLIPIN AGRAR ISLOHOTLARI
|
Unga ko`ra dehqonlarning o`z xususiy yeriga ega bo`lishi masalasini quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo`ljallandi:
jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirishga ruxsat etish va dehqonga o`z chekini sotish huquqini ham berish;
dehqonlarning davlat va pomeshchiklarga qarashli yerlarni sotib olishlari uchun ularga Dehqonlar banki orqali yordam berish;
yer tanqisligi kuchli bo`lgan markaziy mintaqalardagi dehqon larning bir qismini Sibir, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka o`lkalariga ko`chirish;
|
18
|
1889-yilda tashkil qilingan Avstriy Sotsiolistik Demokratik Partiyasi (ASDP) dasurida qanday talablar bor edi?
|
siyosiy erkinliklarni joriy etish,
parlamentni umumiy, teng, to`g`ri, yashirin ovoz berish yo`li bilan saylash to`g`risida qonun qabul qilish,
cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish,
ish kunini qisqartirish talablari bor edi.
|
19
|
1903-1914-yillardagi Italiya Bosh vaziri J.Jolitti islohatlari:
|
Uning davrida:
kasaba uyushmalari tuzilishiga,
ish tashlash o`tkazilishiga ruxsat etuvchi,
tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik,
saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida qonunlar chiqdi.
|