Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


-modda Shartnomadagi xatolik


Download 268.98 Kb.
bet5/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

48-modda
Shartnomadagi xatolik
1. Agar shartnoma tuzishdagi xatolik u tuzilayotgan paytda mavjud bo`lgan bo`lsa hamda davlatning ushbu shartnomaga qo`shilishida ushbu xatolikning ro`li katta bo`lsa, davlat shartnomadagi shartlarga roziligini haqiqiy emas deb topish bo`yicha da’vo qilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning birinchi bandida keltirilgan qoida, agar davlat o`zining xatti-harakati bilan xatoning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan bo`lsa yoki yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xatolik haqida xabardor qilishi kerak bo`lgan holatlarda xabardor qilmagan bo`lsa, qo`llanilmaydi.
3. Shartnoma matnining tahririga oid xatolik uning haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi va bunday holda 79-moddaning qoidalari qo`llaniladi.
g) Aldov.


Xalqaro amaliyot xatolar bilan bog’liq holatlar kabi shartnomani tuzishda davlatlar yolg’on dalil ko’rsatishi mumkin bo’lgan bir qancha holatlarni biladi. Shartnoma munosabatlarida yolg’on real mavjud bo’lib, xalqaro yuristlar qadimdan unga yo’l qo’ymaslikni ta’kidlab kelishgan. E.de Vattel “Shartnomalarda hiyla-nayranglarni qo’llash vijdoniylik talablariga ziddir” deb yozgan”11.
Muayyan hollarda faktlarni ataylab buzish jiddiy xatoga olib kelishi mumkin va bu holat xato haqidagi modda ta’siriga tushadi.
Yolg’on davlatning yanglish bayonotlar, buzilishlar yoki boshqa noto’g’ri harakatlar yordamida shartnomaga rozilik berishga xohish bildirishi, aks hollarda u bunga rozilik bermasligi tushuniladi.
Yolg’on o’z – o’zidan shartnomani haqiqiy emas deb bera olmaydi, ammo jabr ko’rgan tomonga, agar o’zi buni hohlasa, uning roziligini haqiqiy emas deb beruvchi yolg’on faktni appelyatsiya qilish huquqini beradi.
Xalqaro huquq komissiyasi yolg’on to’g’risida modda loyihasini tayyorlashda, taqdim etilgan holda modda butunlay xalqaro tashkilotlarga ham tegishli deb hisobladi12.
1968-1969 yillardagi Vena konferensiyalarida ikkala moddani birga muhokama qilishga qaror qilindi, ulardan biri yolg’onga tegishli, ikkinchisi – vakilga pora berish. Shu sababli ikkinchi modda to’g’risida ham umumiy ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling