Ix-xii asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari


Download 0.98 Mb.
bet2/3
Sana22.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1110489
1   2   3
Bog'liq
markaziy osiyo

Abu Ali ibn Sino (980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 dan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hunnatlab, «Shayx ur-rais» deb ataganlar.

Ibn Sinoning flkricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, turarjoy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunannandchilik bilan shug'ullanishi kerak». Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya ilgari surilgan. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.

  • Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhirn g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog 'liqligi , ayniqsa, ovqatianish, tunnush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «ehtiyoj»ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'mini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G'arbiy Yevropada faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatnijalb etadi.
  • Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya ilgari surilgan. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling