Ixrorova Surayyo Isroilovna


Download 441.53 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi441.53 Kb.
#1347513
  1   2
Bog'liq
2-dedline.Abduraxmon Yolchiqoziyev (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

1-son Davolash fakulteti 112b-guruh talabasi


Yo’lchiqo’ziyev Abduraxmonjonning
Biofizika fanidan “Havo namligi va uni ahamiyati. Shudring nuqtasi”mavzusi bo’yicha tayyorlagan
Mustaqil ishi

Tekshirdi:Ixrorova Surayyo Isroilovna


Toshkent shahri



Mavzu: Havo namligi va uni ahamiyati. Shudring nuqtasi.
Reja:
1.Havo namligi nima? Uni ifodalovchi kattaliklar.
2.Shudring nuqtasi va uning ahamiyati.
3.Havo namligini o’lchash usullari.
Havo namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi:

  1. Havodagi suv bugʻlari elastikligi u (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi;

  2. Mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m3 bilan oʻlchanadi;

  3. Nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi;

  4. Namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng, yaʼni a”= YE—e;

  5. S
    hudring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura.

Tabiatda suvning qariyb hamma yerda bug`lanishi natijasida atmosfera havosida, ayniqsa atmosferaning yer yuziga yaqin qatlamlari havosida suv bug`i bo`ladi. Bu hodisa havoning namligi deb ataladi. Havodagi suv bug`ining miqdori ikkita asosiy kattalik: absolyut va nisbiy namlik bilan xarakterlanadi.
H
avoning hajm birligidagi suv bug`i massasi absolyut namlik deb ataladi va f bilan belgilanadi. Amalda absolyut namlik kub metrga to`g`ri keladigan grammalar soni (g/m3) bilan ifodalanadi. Meteorologiyada absolyut namlik havo tarkibida bo`lganva mm. Sim. Ust.da yoki Paskalda ifodalanaib, suv bug`ining partsial bosimi P bilan xarakterlanadi (boshqa gazlarni hisobga olmaganda suv bug`ining o`zini beradigan bosimiga partsial bosim deyiladi). Bu kattaliklar orasida son jihatidan quyidagi munosabat bo`ladi:

Bu erda t — havo temperaturasi. T=15(18°C bo`lganda f va P kattaliklar son jihatidan bir-biriga qariyb to`g`ri keladi.


B
erilgan temperaturada 1m3 havoni to`yintiruvchi suv bug`ining gramm hisobidagi massasi yoki, tegishlicha, ayni temperaturada to`yingan bug`ning partsial bosimi Pm maksimal namlik deb ataladi va fm bilan belgilanadi.Nisbiy namlik absolyut namlik f ning maksimal namlik fm ga nisbati bilan o`lchanadi va odatda, protsent bilan ifodalanadi:
Nisbiy namlik D ayni sharoitda havoning namligi (absolyut namligi) xuddi o`sha temperaturadagi maksimal namligiga qanchalik yaqin kelishini bildiradi. Nisbiy namlik havoning suv bug`iga to`yinish darajasini ko`rsatadi deb aytish mumkin. Atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik kichik bo`lsa, ayni sharoitda suv shunchalik tez bug`lanadi va aksincha, atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik katta bo`lsa, ayni sharoitda suv shunchalik sekin bug`lanadi.
Havoning namligi organizmning hayot faoliyati uchun katta ahamiyatga еga, chunki u atrofdagi muhitga issiqlik berilishini ko`p daraja taqozo qiladi. Bunda havoning absolyut namligi ham, nisbiy namligi ham ahamiyatga еga bo`lishi mumkin. Masalan, teri sirtidan suvning bug`lanishi havoning nisbiy namligiga bog`liq bo`ladi; o`pkaning suvni bug`latishini ko’rib chiqishda havoning absolyut namligini hisobga olish kerak, chunki o`pkadan 300C chamasi temperaturada bug`ga butunlay deyarli to`yingan havo chiqariladi. O’pkada havoning to`yinishi uchun zarur bo`lgan havo miqdori, aftidan, nafas olganda kiradigan xavoning absolyut namligiga bog`liq bo`ladi. Nisbiy namligi 40% dan 60% gacha bo`lgan atmosfera odam hayoti uchun normal hisoblanadi.
H
avo tarkibidagi bug` to`yingan holatga еrishadigan temperatura yoki, boshqacha aytganda, havoning maksimal namligi ayni sharoitda absolyut namligiga son jihatidan teng bo`ladigan temperatura shudring nuqtasi deb ataladi. Temperatura shudring nuqtasidan pasaygan bug` kondensatlana boshlaydi.
O’zining suyuqligi bilan dinamik muvozanatda bo’lgan bug’ga to’yingan bug’ deyiladi. To’yinmagan bug’da esa suyuqlik miqdori bug’ga nisbatan katta bo’ladi.
To‘yinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosimda sovutish natijasida to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi. To‘yingan bug‘ga o‘tish va kondensatsiya boshlanish nuqtasidagi suv bug‘ining temperaturasiga shudring nuqtasi deyiladi.
Shuni ta`kidlab o`tamizki, atmosferada biror mayda zarrachalar yoki еlektr zaryadlari (chang zarrachalari, еlektronlar, gaz ionlari va shu kabilar) bo`lsa, bug`ning kondensatlanishi osonlashadi. Bu zarrachalarga suv molekulalari o`tiradi va juda mayda tuman tomchilari hosil bo`ladi. Absolyut toza havoda bug`ning kondensatlanishi qiyinlashadi, bunda temperatura shudring nuqtasidan ancha past bo`lgandagina bug` kondensatlanishi mumkin.

Havo namligini aniqlash usullari:
1. Havoning absolyut namligi shu havodagi bug’ni yuttirish va uning massasini o’lchash yo’li bilan bevosita aniqlanishi mumkin. Buning uchun muayyan hajmi yuqori gigroskopik modda, masalan kalsiy xlorid bilan to’ldirilgan U simon naylar sistemasi N orqali so’riladi. Bu maqsad uchun ma’lum hajmli butyl B dan foydalanish qulay, butyl B oldindan suv bilan to’ldirilib olinadi, so’ngra suv kran K orqali chiqariladi va uning o’rniga havo so’riladi. Naylar tajribadan oldin va tajriba o’tkazilgandan keyin tortib ko’rilib, moddaga shimilgan bug’ massasi va demak, havoning ayni hajmidagi bug’ massasi aniqlanadi.
2
. Havoning namligi gigrometr va psixrometr degan asboblar yordami bilan ham aniqlanishi mumkin.


4
. Havoning namligini aniqlash uchun eng ko’p tarqalgan asbob Avgust psixrometridir. Bu asbob bir xil ikkita A va B termometrdan iborat; bu termometrlardan birining rezervuari gigroskopik to’qima bilan o’ralgan, to’qimaning bir uchi esa suvli idish R ga tushirilgan. To’qima kapilliyar bo’lgani uchun suv to’qima bo’ylab ko’tariladi va termometr sharchasining sirtida bug’lanib, uni sovutadi. Nam termometrning ko’rsatishlari quruq termometrnikiga qaraganda pasayadi. Termometrning rezervuarida suvning bug’lanish tezligi qancha katta bo’lsa, bu pasayish ham shuncha kuchli bo’ladi. Bug’lanish tezligi asosan atrofdagi havo namligining to’yinishdan qanchalik uzoq ekanligiga bog’liq, ya’ni atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik past bo’lsa, bug’lanish tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bug’lanish tezligi asbob oldida havoning harakatlanish tezligiga, suvning temperaturasiga va barometrik bosimiga ham bog’liq.




Download 441.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling