Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar


VIII. Kreditlarni olish uchun talablar


Download 32.46 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi32.46 Kb.
#1161962
1   2   3   4   5
Bog'liq
ИДВ Ишчи дастур лотин КИ ва ДТ охирги

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan yoziladigan kurs ishlari talabalarda ilmiy metodik tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasi va malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Bu fandan yoziladigan kurs ishlari ilmiy metodik xarakterga ega bo‘lib, mutaxassislik fanlarining asosiy mavzularini o‘qitish metodikasini ishlab chiqishga bag‘ishlanadi. Kurs ishlari ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va referativ xarakterdagi mavzular bo‘yicha tayyorlanadi. Talabalar kurs ishi bo‘yicha taqdimot tayyorlab himoya qilishi zarur.
Talabalar bilimini baxolash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustda 9-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Bunga ko‘ra talaba:

  • mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;

  • mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;

  • olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

- fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini beradi.
Talaba fan uchun ajratilgan kreditni fanning o‘zlashtirish darajasi, olgan bahosiga proporsional tarzda oladi. Fan uchun ajratilgan soat bo‘yicha talaba maksimal to‘plashi kerak bo‘lgan kredit miqdori 4 ni tashkil etida. Talabaning kreditini to‘plashi quyidagi formula orqali amalga oshiriladi.


Talaba to‘plagan krediti

Download 32.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling