Ixtisoslashtirilgan filiali


Vaziyatga huquqiy baho bering. Nikoh shartnomasining mazmunini


Download 232.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi232.41 Kb.
#1251818
1   2   3
Bog'liq
479 (1)

Vaziyatga huquqiy baho bering. Nikoh shartnomasining mazmunini 
yoritib bering. Notariusning harakatlari qonuniymi? Tojievning da’vosi 
asoslimi? Vaziyatga huquqiy baho bering. 
 


Ushbu muammoli vaziyatga huquqiy yechim berishdan oldin bir nechta 
savollarga javob berishimiz lozim.
1. Nikoh shartnomasining mazmuni, nikoh shartnomasining o‘zgartirish va 
bekor bo‘lish asoslari, nikoh shartnomasiga fuqarolik qonunchiligidagi bitim 
hamda shartnoma qoidalarining qo‘llanilishi, nikoh shartnomasini haqiqiy 
emas deb topish asoslari nimalardan iborat? 
2. Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusning vakolatlari qanday? 
3. Yuqoridagi muammoli vaziyatda Tojievning da’vosi asoslimi? Bu muammoli 
vaziyatning huquqiy yechimi qanday? 
Nikoh shartnomasi tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, nikoh shartnomasi 
bu – nikohga kirishuvchi turli jinsdagi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda 
bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy 
huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi notarial tasdiqlangan kelishuvi 
tushuniladi. Nikoh shartnomasini tuzish xalqaro tajriba hisoblanib, uning ahamiyati 
shundaki, bu shartnoma orqali taraflar kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
turli nizolarning oldini olish bilan birga, o‘zaro mulkiy munosabatlarning yuridik 
taqdirini ham oldindan qat’iy belgilab oladilar. Shuningdek, nikoh shartnomasi er va 
xotindan tashqari uchinchi shaxslar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu haqida 
yuridik fanlari doktori, professor Oqyulovning “Oila huquqi” darsligida quyidagicha 
izoh berilgan: “Nikoh shartnomasi nafaqat er va xotin o‘rtasidagi mulkiy huquq va 
majburiyatlarni nazarda tutuvchi kelishuv, balki er va xotinning uchinchi
shaxslar 
oldidagi mulkiy huquq va majburiyatlari yuridik taqdirini
belgilovchi kompleks 
yuridik faktdir”
1
.
Nikoh shartnomasining mazmuniga to‘xtalib o‘tsak. Nikoh shartnomasining 
mazmuni O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 31moddasiga ko‘ra “Er va 
xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda 
belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning 
barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-
1
Oila huquqi.
Darslik /Mualliflar jamoasi. Prof. O.I.Oqyulovning umumiy tahriri ostida. –T.: 
TDYU nashriyoti, 2016. 91
bet.


mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga 
haqlidir. 
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, 
bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin”
2
. Ya’ni er-xotin o‘zining 
qonun bilan belgilangan birgalikdagi mulki tartibini o‘zgartirib, uning o‘rniga 
o‘zlarining o‘rtalarida kelishuv asosida tuzilgan shartnomali tartibni belgilashi 
mumkin. Er va xotin nikoh shartnomasida yana o‘zaro moddiy ta’minot berish, 
oilaviy xarajatlarni ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar 
yoki moliyaviy tashkilotlar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda yoki yakka 
tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha huquq va majburiyatlarni 
belgilash, agarda nikohdan ajralmoqchi bo‘lsalar, nikohdan ajralganda er va 
xotindan har biriga beriladigan mulkni belgilash, mulk bilan bog‘liq boshqa 
munosabatlarni tartibga solish uchun qoidalar kiritishlari mumkin. Er-xotin nikoh 
shartnomasida mulkiy munosabatlarni biror-bir shart-sharoit yoki muddat vujudga 
kelishi yoki kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yishlari ham ularning huquqlaridandir. 
Nikoh shartnomasini tartibga soluvchi qoidalarga qo‘shimcha ravishda 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bitim va shartnomalarga oid 
qoidalari ham tadbiq qilinishi mumkin. Biroq, nikoh shartnomasi o‘zining bir 
qancha jihatlari bilan boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qiladi. 
Birinchi jihat shuki, subyektlari nikoh munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
Ikkinchisi, odatda ularning
mol-mulkiga nisbatan umumiy tartib qo‘llaniladi. 
Uchinchisi, o‘ta qat’iy
tusda shaxsiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
To‘rtinchisi, har
doim ikkilamchi tusdagi huquqiy munosabat ekanligi. Chunki, 
nikoh
shartnomasi nikoh amal qilganda mavjud bo‘ladigan huquqiy munosabat 
bo‘lib, nikohning bekor bo‘lishi nikoh shartnomasining bekor bo‘lishiga olib keladi. 
Oxirgisi, qo‘llanish doirasi shartnoma tuzuvchilar
o‘rtasidagi barcha munosabatlarni 
emas, faqat mulkiy munosabatlarni
qamrab olishi hisoblanadi. 
Nikoh shartnomasining bekor bo‘lishi va o‘zgartirilishi O‘zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksi 32-moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasining 
2
 
https://lex.uz/docs/-104720
  


Fuqarolik kodeksi 385-moddasi 3-qismida belgilab berilgan asoslarga ko‘ra bekor 
bo‘lishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ya’ni: “Nikoh shartnomasi er-xotinning 
kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh 
shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. 
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida 
belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv 
qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”
3
. “Shartnoma o‘zgartirilgan 
yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish 
xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki 
bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan 
yoki bekor qilinganida esa — sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan 
yoki bekor qilingan hisoblanadi”
4
. Oila kodeksining 32-moddasi 2-qismiga ko‘ra, 
nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan o‘zgartirish asosi va tartibi 
shartnomani
o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi fuqarolik qonunchiligining 
tegishli normalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
382-385-moddalari bilan amalga oshiriladi. Sudning hal-qiluv qaroriga ko‘ra nikoh
shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilishning majburiy sharti bo‘lib,
nikoh shartnomasi ishtirokchilari, ya’ni er va xotin o‘rtasida bevosita sudgacha
nizoni 
hal 
etish 
taomiliga 
rioya 
etilganligi 
hisoblanadi. 
Nikoh
shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talab er yoki 
xotindan 
biri 
tomonidan 
faqat 
ikkinchi 
tomon 
nikoh 
shartnomasini
o‘zgartirish yoki bekor qilishni rad etganda yoxud taklifda yoki nikoh 
shartnomasida belgilangan, agar belgilanmagan bo‘lsa, o‘ttiz kunlik 
muddatda 
(Fuqarolik 
kodeksining 
384-moddasi 
2-qismi) 
javob
qaytarmaganda sudga berilishi mumkin.
3
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
https://lex.uz/docs/-104720#-158693
  
4
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 
https://lex.uz/docs/-111189#-155943
  


Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi
ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr
uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno. Ya’ni, nikoh
tugatilgandan so‘ng er yoki xotindan birining ikkinchisiga to‘lashi lozim 
bo‘lgan moddiy ta’minoti masalasiga oid nikoh shartnomasining shartlari 
amal qilishda davom etaveradi.
Nikoh shartnomasining haqiqiy emas deb topilishiga to‘xtalsak. Nikoh 
shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda 
tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Fuqarolik kodeksining IX bobi 2-§i da
belgilangan bitimning haqiqiy emaslik 
asoslaridan kelib chiqib, nikoh
shartnomasining qonun talab qiladigan shakliga rioya 
etmaslik, voyaga
yetmagan shaxs bilan, yanglishish, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir 
taraf
vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar 
yuz berishi ta’sirida tuzilgan nikoh shartnomasi sud tomonidan haqiqiy 
emas 
deb 
hisoblanadi 
yoki 
o‘z-o‘zidan 
haqiqiy 
emasdir. 
Shu 
bilan 
birga 
nikoh 
shartnomasi 
Oila 
kodeksining 
31-moddasi
5-qismida belgilangan, nikoh shartnomasiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan
shartlar kiritilganda to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb topilishi 
mumkin.
Nikoh shartnomasining notarial tasdiqlanishi uning haqiqiy va yuridik oqibat 
keltirib chiqarishini ta’minlaydi. Bu jarayonda notarial idoralarning o‘rni muhim 
ahamiyatga ega. Notariusning bu bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari O‘zbekiston 
Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan 343-I-sonli “Notariat 
To‘g‘risida” gi qonunining 18-moddasida belgilab berilgan. Ya’ni “Notarius: 
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini 
tushuntirib berishi; 
qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad 
etishi;


notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar yoki mansabdor 
shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-
tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki 
prokurorga bu haqda xabar qilishi”
5
kerak. 
Xulosa qilib aytganda, er-xotin tomonidan tuzilgan nikoh shartnomasi Oila 
kodeksining 31-moddasi
5-qismida belgilangan, nikoh shartnomasiga kiritilishi 
mumkin bo‘lmagan shartlar kiritilganligi uchun haqiqiy emas, buni er-xotinga 
aytgan notarius xodimlarining hatti-harakatlari qonuniy. Biroq, notarius tomonidan 
bu nikoh shartnomasining notarial tasdiqlanganligi O‘zbekiston Respublikasining 
1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan 343-I-sonli “Notariat to‘g‘risida” gi 
qonunining 18-moddasi 5 va 6 chi xatboshisiga ko‘ra noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. 
Fuqaro Tojievning sudga qilgan da’vosi yuqorida berilgan fikrlarga ko‘ra asossiz.
5
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 26.12.1996 yildagi 343-I-son 
https://lex.uz/ru/docs/-54458#-
54981
 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Oila huquqi.
Darslik /Mualliflar jamoasi. Prof. O.I.Oqyulovning umumiy 
tahriri ostida.
–T.: TDYU nashriyoti, 2016. 
181 
bet. 
2. Otaxo‘jayev Fozil Maqsudovich, yuridik fanlari doktori, professsor, 

Download 232.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling