Ixtisoslashtirilgan filiali
Download 232.41 Kb. Pdf ko'rish
|
479 (1)
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI 2-kurs talabalari uchun Modul nomi: Oila huquqi Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana: ____._____. 2023-y. Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi: 1. Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi 0 1 2 3 4 5 2. Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy qarashlari bayon etilganligi 0 1 2 3 4 5 3. Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi 0 1 2 3 4 5 4. Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi 0 1 2 3 4 5 Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz: Umumiy ball Tekshiruvchi imzosi:___________ _______________________ __________ Talabaning F.I.O. Kurs Modul nomi: Oila huquqi _________________ Talabaning imzosi Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi _______________________ 1-kazus Er-xotin Tojievlar o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olish maqsadida nikoh shartnomasi tuzishdi. Nikoh shartnomasida mol-mulklarining taqsimoti, mabodo nikohdan ajralishganida mol-mulkning qaysi qismi kimga tegishi va er Salimov xotiniga qancha ta’minot ajratishi bilan birga bolar tarbiyasi bilan bevosita Salimova shug‘ullanishi, uy-ro‘zg‘or ishlarini to‘liq zimmasiga olishi, xotinning qarindoshlari faqat bir marotaba uning tug‘ilgan kuniga mehmonga kelishi xususidagi shartlarni ham kiritishdi. Mazkur nikoh shartnomasining mazmuni bilan tanishar ekan notarius bunday shartlarni nikoh shartnomasiga kiritish mumkin emasligi, keyinchalik bu shartnoma haqiqiy emas, deb topilishi mumkinligini er-xotin Tojievlarga tushuntirdi. Biroq er- xotin nikoh shartnomasining keyingi taqdiri ularning ishi ekanligi, notariusning vazifasini bitimni notarial rasmiylashtirib berish ekanligini talab qilishdi va notarius nikoh shartnomasini aynan shu mazmunda tasdiqladi. Keyinchalik Tojievaning qarindoshlari uning uyiga bir necha marotaba mehmonga kelishganda Tojiev xotini nikoh shartnomasini buzganligi sababli unga ta’minot bermasdan nikohdan ajralishini talab qildi va sudga da’vo arizasi berdi. Download 232.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling