Ixtisoslashtirilgan filiali
ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qondirilmaydi
Download 189.05 Kb. Pdf ko'rish
|
ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qondirilmaydi.
Qonunda sud er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to‘laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirish lozim deb topsa, ularning har biri to‘laydigan boj miqdorini belgilaydi. Bundan tashqari agar Oila kodeksining 56-moddasi 5-qismiga binoan, insofli er (xotin) o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilishga haqli. Insofli tarafga nikohni haqiqiy bo‘lmasligi oqibatida quyidagi moddiy zarar yetkazilishi mumkin: - nikoh tuzish bilan bog‘liq xarajatlar, oila qurilganligi, nikoh tuzilganligi sababli amalga oshirilgan urfodat, marosimlarga sarflangan xarajatlar to‘y xarajatlari, kelin salom, kuyov chaqiruv xarajatlari 8 . Mazkur moddani sharxlaydigan bo‘lsak to‘ydagi sarf harajatlar agar nikoh haqiqiy emas deb topilganda bva nikoh haqiqiy emasligida muayyan bir tarafning javobgarligi (aybdorligi) isbotlanggan taqdirda insofli er yoki xotin barcha sarf harajatlarini qaytarishi lozim. Bizdagi muamoli vaziyatga ko‘ra nikoh haqiqiy emas deb topilmagan. Nikohni ajratish uchun qilinggan da’voda to‘yga ketgan harajatlari hamda mahr sifatida berilgan 2000 AQSh dollarini da’vogarning qarindoshlari bergan sovg‘alarini qaytarilishi so‘rab qilgan shikoyati asossiz deb topiladi. Xulosa Yakunlovchi xulosa qilib shularni aytishimiz mumkinki, da’vogar va javobgar er-xotin birga nikoh davomida o‘rtirgan moddiy ne’matlari (mol-mulklari) umumiy 8 Oila huquqi. Darslik /Mualliflar jamoasi. Prof. O.I.Oqyulovning umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2016. 69 – bet. 10 mulk hisoblandi. Shaxsiy extiyojlari uchun ishlatilinggan buyumlari esa xususiy mulk hisoblandi. Sud ularni mulklarini ikki taraf uchun manfaatli bo‘lgan holda teng taqsimlaydi. Shaxsiy extiyojlar uchun qilinggan sovg‘a salom va to‘y xarajatlari qaytarilmaydi. Buni soda misol orqali izohlaydigan bo‘lsak, er yoki xotinning qarindoshlariga sovg‘a salom yoki to‘ydagi harajatlarini qilish uchun hech qanday tashqi ta’sir va bosim bo‘lmagan. Ular bu ishlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra erkin amalga oshirgan. Yuqoridagi holatga o‘xshash holatlar bugungi kunimizda amaliyotda ko‘p uchramoqda bunday holatlarga nisbatan tog‘ri yechim berish va o‘zaro nizoga barham berish uchun Oila huquqi va boshqa turdosh huquqlarning o‘rni hayotimizda beqiyos hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling