Ixtisoslashtirilgan maktabining 2023-2024-o‘quv yili
9-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun
test, savol, masala va topshiriqlar varianti
9-__sinf __-guruh o‘quvchisi ______________________________________________
F.I.SH.
O‘quvchi to‘plagan umumiy ball:_____ (max. 25 ball)
I Chorak 1-BSB (1 - variant)
I. Yopiq test. 3 ta sodda test (formula, ta’rif, kattalik, birlik) 4 ta (A, B, C, D) javobli. Bitta savolga 1 balldan jami 3 ball.
1. Mexanik to‘lqinlarning tarqalish tezligi qanday muhitda eng kichik bo‘ladi? [1 ball]
A) havoda B) suvda C) qattiq jismda D) muhitga bog‘liq emas
2. Ko‘ndalang to‘lqinda muhit zarrachalari qanday yo‘nalishda tebranadilar? [1 ball]
A) hamma yo‘nalishlarda
B) to‘lqin tarqalishiga perpendikular yo‘nalishda
C) faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida
D) to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishlarda
3. Tovushning balandligi nimaga bog‘liq? [1 ball]
A) tovushning tarqalish tezligiga B) to‘lqin uzunligiga
C) tebranish amplitudasiga D) chastotasiga
II. Ochiq test. 2 ta o‘rtacha qiyinlikdagi (Son yoziladigan, ortadi, kamayadi, o‘zgarmaydi kabi). Bitta savolga 1 balldan jami 2 ball.
4. Matematik mayatnik uzunligi 9 marta orttirilsa uning tebranishlar davri qanday o‘zgaradi? [1 ball]
________________________________
5. Momaqaldiroq vaqtida odam chaqmoq chaqqandan keyin 7 s o‘tgach, momaqaldiroqning gumburlagan tovushini eshitdi. Undan qancha masofa narida chaqmoq chaqqan? [1 ball]
________________________________
III. Bir nechta javobli test. 2 ta o‘rtacha qiyinlikdagi. Bitta savolga 2 balldan jami 4 ball.
6. To‘g‘ri tasdiqlarni toping. Tebranayotgan jism kinetik energiyasi: [2 ball]
eng katta siljish vaziyatida eng katta qiymatga erishadi;
muvozanat vaziyatini o‘tishda eng katta qiymatga erishadi;
muvozanat vaziyatini o‘tishda eng kichik qiymatga erishadi;
o‘zgarmas saqlanadi;
eng katta siljish vaziyatida eng kichik qiymatga erishadi.
7. Bir muhitda tarqalayotgan K va L tovush to‘lqinlarining oniy ko‘rinishlari rasmda ko‘rsatilgan.
Bunga asosan K tovush to‘lqining quyida berilgan qaysi parametrlari L to‘lqinnikidan katta? [2 ball]
tebranish amplitudasi
tebranish chastotasi
balandligi
qattiqligi
to‘lqin uzunligi
tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: |