Ixtisoslashtirilgan maktabining 2023-2024-o‘quv yili 9-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun test, savol, masala va topshiriqlar varianti


Download 496.71 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi496.71 Kb.
#1738771
  1   2   3   4
Bog'liq
9-sinf 1-BSB 1-varianti (Fizika)






Ixtisoslashtirilgan maktabining 2023-2024-o‘quv yili
9-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun
test, savol, masala va topshiriqlar varianti
9-__sinf __-guruh o‘quvchisi ______________________________________________
F.I.SH.
O‘quvchi to‘plagan umumiy ball:_____ (max. 25 ball)


I Chorak 1-BSB (1 - variant)


I. Yopiq test. 3 ta sodda test (formula, ta’rif, kattalik, birlik) 4 ta (A, B, C, D) javobli. Bitta savolga 1 balldan jami 3 ball.

1. Mexanik to‘lqinlarning tarqalish tezligi qanday muhitda eng kichik bo‘ladi? [1 ball]


A) havoda B) suvda C) qattiq jismda D) muhitga bog‘liq emas

2. Ko‘ndalang to‘lqinda muhit zarrachalari qanday yo‘nalishda tebranadilar? [1 ball]


A) hamma yo‘nalishlarda
B) to‘lqin tarqalishiga perpendikular yo‘nalishda
C) faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida
D) to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishlarda

3. Tovushning balandligi nimaga bog‘liq? [1 ball]


A) tovushning tarqalish tezligiga B) to‘lqin uzunligiga
C) tebranish amplitudasiga D) chastotasiga


II. Ochiq test. 2 ta o‘rtacha qiyinlikdagi (Son yoziladigan, ortadi, kamayadi, o‘zgarmaydi kabi). Bitta savolga 1 balldan jami 2 ball.

4. Matematik mayatnik uzunligi 9 marta orttirilsa uning tebranishlar davri qanday o‘zgaradi? [1 ball]


________________________________

5. Momaqaldiroq vaqtida odam chaqmoq chaqqandan keyin 7 s o‘tgach, momaqaldiroqning gumburlagan tovushini eshitdi. Undan qancha masofa narida chaqmoq chaqqan? [1 ball]


________________________________

III. Bir nechta javobli test. 2 ta o‘rtacha qiyinlikdagi. Bitta savolga 2 balldan jami 4 ball.

6. To‘g‘ri tasdiqlarni toping. Tebranayotgan jism kinetik energiyasi: [2 ball]



  • eng katta siljish vaziyatida eng katta qiymatga erishadi;

  • muvozanat vaziyatini o‘tishda eng katta qiymatga erishadi;

  • muvozanat vaziyatini o‘tishda eng kichik qiymatga erishadi;

  • o‘zgarmas saqlanadi;

  • eng katta siljish vaziyatida eng kichik qiymatga erishadi.

7. Bir muhitda tarqalayotgan K va L tovush to‘lqinlarining oniy ko‘rinishlari rasmda ko‘rsatilgan.


Bunga asosan K tovush to‘lqining quyida berilgan qaysi parametrlari L to‘lqinnikidan katta? [2 ball]


  • tebranish amplitudasi

  • tebranish chastotasi

  • balandligi

  • qattiqligi

  • to‘lqin uzunligi

  • tezligi




Download 496.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling