Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi


Download 22.22 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi22.22 Kb.
#1817941
Bog'liq
8-GREEN BAYONNOMA


Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi
Guliston shahridagi Prezident maktabi 8-“GREEN” sinfi
ota-onalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish
BAYONNOMASI № 2
2023-yil 18-Noyabr Guliston shahri
Yig‘ilish raisi: O.Sobitov sinf rahbari
Qatnashdi: 12 nafar ota-onalar
Taklif etildi: S.Bikuziyev tarbiyachi-pedagog

K U N T A R T I B I


1. “2023-2024 1-Chorak yakunlari va o‘quvchilar reytingi” to‘g‘risida.
2. “2023-2024 2-Chorakda oldimizga qo‘yilgan maqsad va vazifalar” haqida.
3.Maktab va ota-onalar o‘rtasida tuziladigan shartnoma haqida.
4. Odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish.
5. Ota-onalar bilan g-mail orqali muloqotni yo‘lga qo‘yish haqida.
6.Xar xil masalalar.

Yig‘ilishni, sinf rahbari O.Sobitov olib bordi. U barcha ota-onalarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. O‘qituvchi ota-onalarga farzandlarining 2023-2024 1-Chorak fanlardan olgan baholari haqidagi ma’lumot berdi. To’rtinchi chorak yakunlariga ko‘ra sinf o‘quvchilarining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil etgan. Lekin, hali ham o‘quvchilar o‘rtasida fanlardan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar borligi, ular bilan darsdan so‘ng va uyda ota-onalar ko‘proq shug‘ullanishlari, ularga e’tibor berib, fanlardan o‘zlashtirishini yaxshilash uchun ularga ko‘proq vaqt ajratilishini aytib o‘tdi. Masalan, Shokirov Ilhom, Boyxurozov Aziz o‘qishi pastligi, bu o‘z navbatida fanlardan olgan baholari pastroq ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqishdi, ular farzandlarining o‘qishi haqida ma’lumotga ega ekanligi, o‘qishini yaxshi tomonga o‘zgartirishini, buning uchun farzandiga ko‘proq vaqt ajratishini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga IV-chorak reytingi natijasiga ko’ra Mamatqulova O, Nuriddinov S, Ziyadullayev A.lar yuqori uchta o’rinda ekanligi aytib o’tildi. Ularning ota-onalariga alohida minnatdorchilik bildirildi. Bu o‘quv yilida ham shunday o‘qish kerakligi va ota-onalarga farzandlariga e’tiborni susaytirmaslik kerakligini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI
1.Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.
2.Past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni ota-onalari farzandiga e‘tiborini bu o‘quv yilida kuchaytirsin.

Ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari ota-onalarga o’z fikrlarini aytib o’tdi. 2023-2024 o’quv yilida barchamiz oldimizga yuqori marrlarni ko’zlab hamma o’quvchilar bor e’tiborini o’qishga qaratish kerakligini aytib o’tdi. O’quvchilar yakshanba kuni maktabga kelib,juma kuni uyiga qaytadi. Besh kun mobaynida maktabda qolib bilim olishadi. Shu vaqt mobaynida vaqtini faqat foydali ishlarga sarflashi kerakligini aytib o’tdi, Ota-onalardan Shokirov Ilhomning otasi Shokirov Otabek bolalar kompyuterdan samarali foydalanish kerakligini aytib,ko’proq kitob o’qish keraligini ta’kidladi. Tarbiyachi-pedagog S.Bikuziyev ham o’z so’zida o’quvchilar har kuni 17 00 dan 19 00 gacha muntazam dars qilishini, keyin ularning shaxsiy vaqti ekanligi bu paytda mustaqil dars qilishlarini aytib o’tdi. S.Bikuziyev o’quvchilarning shaxsiy kompyuterlarini doimiy nazorat qilib borishlarini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kelib chiqib yig‘ilish,


Q A R O R Q I L A D I


1.Keltirilgan ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.
2.O‘quvchilar darsdan keyin komyuterdan kamroq foydalanib,ko’proq kitob o’qib dars qilinsin. S.Bikuziyev o’quvchilarning darsdan keying vaqtini to’liq nazorat qilib borsin.
3.2023-2024 o’quv yili davomida sinf rahbari va tarbiyachi-pedagog bilan ota-onalar o’rtasida muntazam aloqa o’rnatilsin.

Uchinchi masala bo’yicha sinf rahbari so’zga chiqib barchani tanishtirdi. Har o’quv yili boshida maktab va ota-onalar o’rtasida shartnoma imzolanishini,bu shartnomada maktab va ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari keltirib o’tilganligini aytib ularga ikki nusxada shartnoma tarqatildi. Shartnomaning barcha bandlarini sinf rahbari tushuntirib berdi. Ota-onalar shartnomaning har bir bandi bilan to’liq tanishib o’z imzolari bilan tasdiqlashdi. Ota-onalar va maktab o’rtasida tuzilayotgan shartnomaga ko’ra agarda biron narsaga shikast yetkazilsa yetkazilgan zarar ota-onalar tomonidan qoplanishi belgilab qo’yilgan. Shuning uchun barcha o’quvchilar bu jihozlarni asrab avaylashi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi. Tushunmagan bandlari bo’yicha berilgan savollarga atroflicha to’liq javob oldilar.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kelib chiqib yig‘ilish,


Q A R O R Q I L A D I


1.Ota-onalar va maktab shartnomada belgilangan huquq va majburiyatlarga to’liq amal qilsin.
2.Ota-onalar farzanlarini majburiyatlarini to’liq o’z nazoratiga olsin.

To’rtinchi masala yuzasidan sinf rahbar so‘zga chiqdi. Ota-onalar farzandlaringizning maktabga kelishida uning kiyinish madaniyatiga rioya etishlarini, maktab uchun joriy etilgan maxsus maktab formalari maktab tomonidan berilganligi,o’quvchilar bu formalarni toza ozoda saqlab foydalanish kerakligini aytib o’tdi. O’g’il bolalar sochlarini doimiy tarzda olib yurish kerakligini,qizlar doimo lenta taqib yurishligini,turli pardoz vositalaridan foydalanmaslik kerakligini aytib o’tdi. Ota-onalar ham doimiy farzandlarini nazorat qilib borishligini aytib,yana ham ma’sulyatni oshirish kerakligi yana bir bor ta’kidlandi.


Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan kelib chiqib yig‘ilish,


QAROR QILADI
1.Keltirilgan ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.
2.O‘quvchilarning maktabda maktab formasida bo’lishi ota-onalar va sinf rahbari tomonidan nazoratga olinsin.

Beshinchi masala yuzasidan sinf rahbari O.Sobitov so’zga chiqib bu masalaning mohiyatini tushuntirib o’tdi. Bilamizki hozirgi kunda ota-onalar va o’qituvchilar o’rtasidagi muntazam aloqa telegram ijtimoiy tarmog’i orqali yo’lga qo’yilgan. Rivojlangan davlatlarda G-mail orqali muloqot qilish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuning uchun biz ham bundan keyin G-mail orqali muloqotni yo’lga qo’yishimiz zarurdir. Bir ovozdan barcha ota-onalar bundan keyin G-mail dan to’liq foydalanishlarini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI

1.Keltirilgan ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.


2.Ota-onalar va sinf rahbari o’rtasidagi munosabatlar G-mail orqali yo’lga qo’yilsin.

Maktabda o’quvchilar uchun fan to’garaklari tashkil etilganligini sinf rahbari aytib o’tdi. Har kuni o’quvchilar uchun fanlardan to’garak tashkil etilganligini,o’quvchilar bu to’garaklarda qatnashib darsda olgan bilimlarini yanada mustahkamlashi mumkinligini aytib o’tdi. Ota-onalar ham farzandlarini to’garaklarga qoldirmasdan qatnashishini nazorat qilishligini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan yig‘ilish


QAROR QILADI:
1.Keltirilgan ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.
2.O’quvchilarning barcha fan to’garaklariga muntazam qatnashishi ta’minlansin.
Yig‘ilish raisi: O.O.Sobitov







Download 22.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling