Shahrisabz tumanidagi “Fizika tayanch maktabi” a’zolari tomonidan o’tkaziladigan


Download 16.93 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi16.93 Kb.
#1476812
Bog'liq
Fan oyligini ochilish senariysi


Shahrisabz tumanidagi
Fizika tayanch maktabi” a’zolari
tomonidan o’tkaziladigan
2021-2022- o’quv yili uchun
Fizika fan oyligi”ning ochilish tadbiri
S E N A R I Y S I

Anjumanlar zali tadbirga mos jihozlangan bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, bukletlar, devoriy gazetalar alohida stollarda tartib bilan joylashtirilgan. “Tabiiy fanlar oyligi” ning shukuhi har bir harakatda seziladi. IDUMIning barcha o’quvchilari bu tadbirga astoydil tayyorlangan bo’lib, bu ularning emblemalarida, did bilan kiyinishlariyu ishonchli nigohlarida barq uradi. Fan oyligiga 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha taklif qilingan bo’lib, tadbirning boshlanishini intizorlik bilan kutishmoqda. O’zlarining ijodlari bilan ishtirok etayotgan o’quvchi yoshlarning quvonchlari cheksiz. Ular o’zlari tayyorlab kelgan ijodiy ishning mazmun mohiyati bilan kuzatuvchilarni tanishtirish maqsadida chiroyli bukletlar tayyorlashgan bo’lib, ularda ijodiy ishning qaysi FIZIK qonuniyatga bo’ysunishi, qanday maqsadlarda qayerlarda foydalanish mumkinligi haqida ma’lumotlar berilganligi e’tiborga loyiq.


Mana barcha mehmonlar joylarini egallagach zalga taralayotgan bahor valsining musiqa sadolari asta sekin pasaya boshladi va boshlovchi qizning jarangdor ovozi barchaning diqqatini o’ziga jalb qildi. (She’r o’qiydi) … -Assalomu-alaykum aziz mehmonlaru qadrli tadbirimiz qatnashchilari. Mana bugun biz 2021- 2022-o’quv yili uchun o’tkazilayotgan “ Tabiiy fanlar oyligi”ning ochilish arafasidamiz. Tadbirimizni ochib berish uchun so’zni IDUMI direktori
Ustoz Sharopovga beramiz: ------
Boshlovchi yigit: Rahmat. Takliflaringizga, ko’rsatmalaringizga rioya qilib boramiz. IDUMI jamoasi tomonidan MADHIYAMIZ yangraydi. Jamoa tomonidan madhiya kuylangan paytda zaldagi barcha o’rinlaridan turib o’ng qo’llarini ko’ksilariga qo’ygan holda Davlatimiz ramzlariga hurmat ko’rsatadilar.
Boshlovchi qiz: (she’riy yondashuv) dan so’ng IDUMIning tabiiy fanlar o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Dolzarb mavzu”lar bilan tanishasiz. Bunda istak bildirgan uch nafar o’qituvchimiz ishtirok etadilar. Har bir o’qituvchiga uch minutdan vaqt beriladi. ( Marhamat aziz ustozlar kelib konvert torting va nechanchi bo’lib chiqishingizni aniqlab oling). O’qituvchilar chiqishidan so’ng boshlovchi yigit: (sheriy talqin)… Endigi navbat IDUMining badiiy havaskorlik to’garagi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqsga. Marhamat tomosha qiling. ….
Boshlovchi qiz: Endi barcha o’zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashayotgan o’quvchi yoshlarni davraga taklif qilamiz, marhamat qiling.O’quvchilar qollarida o’zlari yasagan ijodiy ishlari bilan sahnaga chiqadilar va bu ijodiy ishining mohiyati haqida besh daqiqa vaqt ichida ma’lumot beradilar (slayd ko’rinishi maqsadga muvofiq).
Boshlovchi yigit: Qarang aziz mehmonlaru, qadrli ishtirokchilar Ona yurtimizning go’zalligiga, Tinchlik deb atalgan buyuk ne’matimizga ko’z tegmasin. Tabiiy fanlar fan oyligining har bir kunida mana shunday ko’tarinki ruhda ijodiy yondashib harakat qilsak, fikr almashib birgalikda harakat qilsak yanada maqsadlarimiz sari yaqinlashib borar ekanmiz. Ona yurtimiz tuprog’ida ne – ne aziz allomalar hoki bor. Anjumanimiz sadolariga qushlar chug’uri jo’r bo’layotgan bir paytda o’tgan buyuk allomalar ruhi ham shod bo’layotganini his qilasiz … mumtoz musiqa tobora balandlashib boradi va kuy ostida sahnaga Buyuk allomalarimiz bo’lmish Al Farg’oniy , Beruniy, Ibn Sino, Ulug’beklar chiqib kelishadi…
--- Al Farg’oniy bobomiz qo’llarini oldinga cho’zgan holda tomoshabinlarga qarab --- Assalomu alaykum aziz avlodlarim, sizning yoshligingiz, yashash tarzingiz sizgacha bo’lgan barcha ajdodlaringiz uchun orzu edi. ( qolgan uchta alloma bir birlariga qarab qo’l va bosh irg’atish ishoralari bilan ustoz so’zlarini tasdiqlashadi) qanchalik qiyin zamonlar bo’lmasin ilmu-fan rivoj topaverdi. Biz sizlardan haqiqiy bilim egalari, olimu-fuzalolar yetishib chiqishiga ishonamiz. ( qolgan uchta alloma bir birlariga qarab qo’l va bosh irg’atish ishoralari bilan ustoz so’zlarini tasdiqlashadi).
--- Endi buyuk alloma Beruniy ko’zlarida quvonch bilan oldinga intilar ekan shunday deydi --- Qanday go’zal davr bu davr. Bu go’zal hayotga yetguncha qanchadan – qancha yaxshi orzular qilindi va ularga yetishish maqsadida harakatda bo’lindi. Bugungi kunga kelib, qadimiy yaxshi niyatlar amalga oshganini ko’rib hursand bo’ldik (Allomalar tasdig’i, imo ishoralar bilan). Siz aziz yoshlar minglab yillik intilishlar mevasi bo’lgan bu vatanni asrashingizga ajdodlarga xos avlodlar bo’lishingizga ishonamiz.
--- Endi Ibn Sino bobomiz oldinga chiqib keladilar va Assalomu alaykum mening aziz avlodlarim. Haqiqatdan ham har biringizda buyuk bo’lishga imkoniyat bor. Bu ne’matlardan o’rinli foydalaning. Biz zamondosh do’stim Beruniy bilan biror ilmiy mavzuda fikr almashishimiz uchun bir-birimizga maktublar yozib, javobini ba’zan oylab, ba’zan yillab kutgan bo’lsak siz aziz o’quvchi yoshlarning axborot almashinuvingiz bir zumda suratli, jonli(videoli) va ovozli ko’rinishda ekanligini ko’rib quvondik. Jahonning ko’plab tillarini o’rganishdan avval albatta o’z ona tilimizni chuqur o’rganing. Bu esa sizning buyuklik yo’lingiz kalitidir…
--- Endi Shohona yurish va viqor bilan Mirzo Ulug’bek oldinga chiqadilar va da’vatli bir hayajonli ovoz bilan (she’riy)….
Boshlovchi qiz: Allomalarga bag’ishlangan she’riy parcha o’qiydi. Har bir maktabdan bittadan o’quvchi davom ettiradi…
Boshlovchi yigit she’riy parcha o’qigach allomalarni o’tirishga taklif qiladi va navbatni IDUMining badiiy havaskorlik to’garagi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqsga beradi . Raqs tugashi bilan IDUMIning xor jamoasi qatnashchilari davrani toldirib shox chiqib keladilar va Vatan haqida qo’shiq kuylaydilar.


Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling