ADABIYOT FANIDAN
I VARIANT
I.
Tahlil (nazm). Maksimal ball – 15 ball.
Аgаrchi sеnsizin sаbr аylаmаk, ey yor, mushkuldur,
Sеning birlа chiqishmоqlik dаg‘i bisyor mushkuldur.
Мizоjing
nоzik-u sеn tund,
mеn bir bеаdаb tеlbа,
Sеngа hоlimni qilmоq, ey pаri, izhоr mushkuldur.
Nе оsig‘ nоlа-u fаryod хоbоlu bахtimdin,
Bu unlа birlа chun qilmоq аni bеdоr mushkuldur.
Маngа оsоndurur bo‘lsа, аgаr yuz ming tumаn dushmаn,
Vаlе bo‘lmаk jаhоndа, ey ko‘ngul, bеyor mushkuldur.
Visоlinkim tilаrsеn
nоzini хush tоrtqil,
Bоbur
Кi, оlаm bоg‘idа tоpmоq guli bехоr mushkuldur
Оsig‘ – fоydа. Хоb оlud – uyqudаgi. Un – оvоz. Тumаn – o‘n ming. Bexor – tikansiz.
Ushbu g‘azalni mazmun va shakl jihatdan tahlil qiling. (15 ball)
II.
Tahlil (nasr). Maksimal ball – 10 ball.
Mani xayolimga dunyoning sababi, izzati – boylik. Oxiratga bo‘lsa,
Xudoning qilgan
taqdiri bo‘lur.
Chunonchi, biz ko‘rarmizki, odamlar boyni mulladan ziyoda izzat qiladurlar.
Xususan, mana, banklar ko‘paydi. Katta boylar chilen bo‘lub, har kim chilenlarni izzat qilur,
hatto ishi tushaturganlar chilen molini qimmat olur. Azbaski, chilen iltifotiga olmagan
odamlarga banklar pul bermaydurki, so‘ngra muomaladorlar sinib, mayda-mayda bo‘lur,
bildingizmi?
Keltirilgan parchada davr nuqtayi nazaridan zamon boylarining dunyoqarashi,
vatanparvarligi, fidoyiligi to‘g‘risida qanday xulosa chiqarish mumkin. Asarning to‘liq
matniga tayangan holda javob bering. (Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” asaridan)
(10
ball)
III.
Nazariy ma’lumotlar bo‘yicha test. Maksimal ball – 20 ball.
1.
Kattalar orasida boshqalardan ko‘ra aqlli va farosatliroq biror kishini uchratganimda unga 1-
raqamli rasmimni ko‘rsatardim – men uni asrab qo‘ygan edim, doim yonimda olib yurardim. Bu
odam chindan ham biror nimani tushunadimi-yo‘qmi, sinab ko‘rmoqchi bo‘lardim.
Ularning
barchasi rasmga qarab turib: “Shlyapa-ku, bu”, – derdi. Shundan keyin men ularga na bo‘g‘ma
ilonlar,
na junglilar, na yulduzlar haqida og‘iz ochardim.
Do'stlaringiz bilan baham: