Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod
maktablarning
9-sinf bitiruvchilariga adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun tuzilgan
savol-topshiriqlarga
Tushuntirish xati
11-sinflar uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi materiallari tayyorlanish jarayonida ona
tili va adabiyot fanidan 10-11-sinflarda ikki yil davomida o‘tilgan mavzular asos qilib olindi.
6-11-sinflarda o‘tilgan badiiy tasvir vositalari hamda ijodkorlarning hayoti va ijodiga
doir bo‘lgan materiallar oid ma’lumotlarga tayanilgan holda ushbu material shakllantirilgan.
Adabiyot fani bo‘yicha tanlangan asarlar 10-11-sinf va quyi sinflar darsligidan
olingan
bo‘lib, o‘quvchi asar haqida ma’lumotga ega. Adabiyot fani bo‘yicha savollar o‘qib tushunish,
mulohazali, erkin fikrlash kompetensiyalari asosida tuzildi.
Savolliklarni tuzishda asosiy mezon sifatida o‘qib tushunish, yozma savodxonlik, so‘z
boyligi tushunchalariga tayanildi. Hozirgi kunda kun tartibida turgan
ona tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat talablari ushbu materiallarga singdirildi.
Umuman olganda, variantlardagi savollar soni va murakkablik darajasi bir xil bo‘lishiga
alohida e’tibor berildi.
Savol-topshiriqlarni bajarish uchun 180 daqiqa beriladi.
11-SINF ADABIYOT FANIDAN YAKUNIY
ATTESTATSIYA SPETSIFIKATSIYASI
Adabiyot
Soni
Bilish
Qo‘llash
Mulohaza
Nazmiy asar matni yuzasidan tahlil. Berilgan
muayyan nazmiy matndan kelib chiqib topshiriqlar
bajarish.
4
1
2
1
Nasriy matn yuzasidan tahlil.
Berilgan nasriy
matndan kelib chiqqan holda topshiriqlarni bajarish.