Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi Ion kanallari


Download 100.59 Kb.
bet19/23
Sana27.02.2023
Hajmi100.59 Kb.
#1235407
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi (2)

Taloqning funksiyasi
Taloq — odam va umurtqali hayvonlarning qorin boʻshligʻidagi toq parenximatoz organ. Asosiy qon rezervuarlaridan biri (qon "depo"si); qon yaratilishi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi; immunobiologik va himoya funksiyasini bajaradi — antitelolar ishlab chiqaradi, bakteriya va toksinlarni tutib qolib, zararsizlantiradi, yashab bitgan eritrotsit va trombotsitlarni yemiradi. Qonning hosil boʻlishi, buzilishi, qayta taqsimlanishida va organizmning himoya reaksiyalarida qatnashadi.
T. hamma umurtqali hayvonlarda bor. Toʻgarak ogʻizlilar, baʼzi ikki xil nafas oluvchi baliqlar ichagi, oshqozoni yoki oʻrta ichak shilliq qavat burmalari devorida limfoid toʻqimalar toʻplami boʻlib, bu T. vazifasini bajaradi. Qolgan umurtqali hayvonlar talogʻi ichakdan alohida boʻlib, orqa ichaktutgich, oshqozon yoki toʻgʻri ichakning boshlanish qismida joylashadi. Sudralib yuruvchilar (gatteriyalardan tashqari) hamda qushlarda rudimentlashgan. T. boʻlak-boʻlak yoki parraksimon boʻladi.
Odamda T. embrional hayotning birinchi oyida meʼdaning dorzalb tutqichi ichida toʻplangan mezenxima toʻqimasidan rivojlanadi. T. uzunchoq oval shaklli, uz. 12 sm, kengligi 7— 8 sm, ogʻirligi 150—200 g . Lekin T.ning hajmi va ogʻirligi individual boʻlib, organizmning fiziologik holatiga bogʻliq holda juda oʻzgarib turadi. Mac, tinch xrlatda T. kengaygan, qon yoʻqotilganda esa siqiq boʻladi. Bir tomoni qabariq (diafragmal), ikkinchi tomoni botiq (ichki) boʻlib, chap biqinning 9,11 qovurgʻa sohalariga joylashgan. Tashqi tomondan seroz parda va biriktiruvchi toʻqima kapsulasi bilan qoplangan. Kapsuladan T. ichiga devorlar yoki trabekulalar tarqaladi. Trabekulalar T. ni oq va qizil pulpa bilan toʻla alohida boʻlakchalarga boʻladi. Qizil pulpa qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar)ga boy vena sinuslaridan tashkil topgan. Oq pulpa esa limfotsitlar ishlab chiqaradigan limfa toʻqimalaridan tuzilgan; ular malpigi tanachalari deb ataladi. T. kasallanganda (mas., splenomegaliya) ancha kattalashadi.
Taloq – odam va umurtqali hayvonlarning qorin boʻshligʻidagi tok parenximatoz aʼzo. Asosiy qon rezervuarlaridan biri (qon “dpo”si); qon yaratilishi, 



Download 100.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling