Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi Ion kanallari


Download 100.59 Kb.
bet22/23
Sana27.02.2023
Hajmi100.59 Kb.
#1235407
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi (2)

Uyqu davomiyligi. Olimlarning yakuniy fikricha uyquning oʻrtacha davomiyligi 7-8 soatni tashkil etadi.
Uyquning ham turlari bor
Uyqumiz ham bir necha bosqichdan iborat va ularning har biri 60-100 daqiqa davom etadi.
 Dastlabki bosqich – mudrash uyqu va uygʻoqlik orasidagi vaqtdan iborat. Bunda nafas, puls sekinlashadi, mushaklar boʻshashadi.
 Keyin yarim chuqur uyqu jarayoni boshlanadi. Bunda inson uxlaydi, lekin ayrim axborotni qabul va tahlil qilish ortidan oʻzini uygʻoqdek hisoblaydi.
Uchinchi, asosiy bosqich – chuqur uyqu aynan eng muhim, uzoq davom etuvchi va inson hech narsani sezmaydigan jarayon.
Tomir tonusini boshqarilishi
Uyqu hayvon va hasharotlarda kuzatiluvchi, tabiiy fiziologik minimal faollik holatidir. Uyquni bajarish uxlash deyiladi. Uyqu va u bilan bog‘liq hodisalarni somnologiya fani o‘rganadi.
Uyqu — odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning , chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. U. har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kechakunduzda davriy kuzatiladigan U. holatida oʻtadi.
U. vaqtida muskullar tonusi susayadi (uyqudagi odamning koʻp muskullari boʻshashgan boʻladi), sezuvchanlikning barcha turlari — koʻrish, eshitish, taʼm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq U.da nafas uygʻoqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, toʻqimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda temperaturasi past boʻladi. Bularning barchasi U. holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va toʻqimalar hayot faoliyatini taʼminlovchi hamma ichki aʼzolarning ham "dam" olishidan dalolat beradi.
Ammo U. hakidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra, U. faqat dam olish emas, balki kun boʻyi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir.
Odam astasekin uxlaganda nafas olish va yurak ritmi pasayadi, koʻz sekin yumula boshlaydi. Tez uxlab qolganda esa bu harakatlar, odatda, tezlashadi.
Astasekin uxlab qolish tungi U.ning 75—80%ini, tez U.ga ketish esa 20— 25%ini tashkil etadi. Tez va sekin uxlab qolishning navbatlanishi, odatda, sogʻlom odamlar uchun xosdir va bunda odam oʻzini uyquga qongan hamda bardam his etadi. Tez va sekin uxlash muddatining oʻzgarishi, sekin uxlashning yetarli darajada chuqur boʻlmasligi, tez uxlash davrida teztez uygonib turish odam nerv sistemasining turli buzilishlariga olib keladi, uning ruxiy va emotsional holatiga taʼsir koʻrsatadi.
Normal (fiziologik) U.ning davriy kechakunduzlik va davriy faslli (qayvonlarning yozgi va kishki U.si) turlari va bir necha xil patologik (narkotik, letargik va boshqalar), shuningdek, maxsus taʼsirlar oqibatida yuzaga keladigan gipnotik U. farq qilinadi.

Download 100.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling