IYUL
OY MAVZUSI: QUVNOQ YOZ
Guruh
Orta guruh
Mavzu
Sport - salomatlik garovi
Muddati
Iyul 2-hafta
Rivojlantirish
sohalariga oid
maqsadlar
Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush
tarzini shakllanishi
Bolalami chaqqonlik, epchillik, jamoa bilan birga harakat qilish kabi sifatlarini rivojlantirish. Gʻalabalardan hursand boʻlish, magʻlubiyatning sabablarini
aniqlash va xatolarni takrorlamaslikka oʻrgatishda davom etish. Suv havzasida choʻmilish vaqtida shaxsiy gigiyenaga rioya qilish qoidalarini oʻrgatish
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
Oʻzi va atrofdagilarning xissiy kechinmalarini ifoda qilishda davom etish. Oʻzi yoqtirgan va yoqtirmagan narsalar haqida fikr yuritishga oʻrgatish. Yoqish
va yoqmaslik sabablari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni ifodalay olishga oʻrgatish.
Nutq, muloqot, oqish va yozish malakalari
Lugʻat boyligini oshirish, soʻz oʻyinlari orqali ularda nutq madaniyatini oshirish, tovushlarni talaffuz etishda kattalarga taqlid qilish va toʻgʻri aytishni
oʻrganish. Suhbatlar davomida oʻz fikrlarini bayon qilishga , 2- va 3 gapdan iborat qisqa hikoyalar tuzishni mashq qilishda davom etish.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Qum va tuproq haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, sport haqidagi bilimlarini kengaytirish, sport jihozlarining qanday maqsadda ishlatilishini oʻrgatish.
Oddiy tajribalar asosida buyumlarning xususiyatlarini aniqlashda davom etish.
Ijodiy rivojlanish
Qaychi bilan doira shaklini qirqishni mustahkamlash, qogʻoz sathida ishlashni oʻrgatishda davom etish, ranglarni toʻgʻri tanlash va oʻz oʻrnida ishlatish,
yelimning inson hayotiga zarar ekanligi haqidagi maʻlumotlarni berishda davom etish.
Rivojlantirish markazlari
Talimiy-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
Do'stlaringiz bilan baham: |