73
Til va nutq
Mavzu:
Bayram taasurotlari asosida suhbat.
Maqsad
: bolalar “1-Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va u kunni qanday oʻtkazganliklari haqida fikrlarini bayon
etadilar, lugʻat boyliklarini oshiradilar.
Kerakli jihozlar
: mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatning borishi
:
1. Turli xil bayramlar aks etgan mavzuli rasmlar.
2. Oʻzaro suhbat qurish.
3. Borgan joylari haqida doʻ stlari bilan oʻrtoqlashish.
4. Yana qaerlarga borishni istashlarini aytish.
Qoʻshimcha:
borgan maskanlarining rasmini chizish.
Fan va tabiat
Mavzu
: Shirin
sharbatlar
Maqsad
: bolalar mevalar siqish yoʻli bilan mustaqil ravishda sharbat tayyorlaydilar va uning nima uchun foydali ekanligini
aytib beradilar.
Kerakli jihozlar
: xoʻl mevalar, naycha (trubochka), stakan, suv, salfetka.
Faoliyatning borishi
:
1. Vazifani tushintirish.
2. Xoʻl mevalarni kuzatish.
3. Xoʻl mevalarni siqish va ulardan sharbat olish.
4. Sharbatlarni totib koʻrish.
5. Qaysi sharbat nima uchun foydali ekanligini tahlil qilish.
Qoʻshimcha
: bolalarni ragʻbatlantirish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
tabiat neʻmatlari haqidagi bilimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: